2 915
Malayziyada ayol oilasi bilan koʻproq vaqt oʻtkazish uchun ishga har kuni samolyotda qatnayapti

Foto: AP
Malayziyaning AirAsia aviakompaniyasida menejer yordamchisi boʻlib ishlaydigan Rashil Kaur har kuni ofisiga samolyotda borib qaytadi. Gap shundaki, ayol oilasi bilan Penangda istiqomat qiladi, ishi esa Sepangda joylashgan. Bu ikki shahar orasidagi masofa taxminan 400 kilometrni tashkil etadi.
Kaurning kuni tonggi soat toʻrtdan boshlanadi, keyin u aeroportga yoʻl oladi va soat sakkizda ishda boʻlish uchun qoʻshni shaharga uchadi. Bir tomonga parvoz taxminan 40 daqiqa davom etadi. Ishdan keyin ayol kechki reys bilan uyiga qaytadi.
Kaurning aytishicha, u farzandlari bilan koʻproq vaqt oʻtkazish maqsadida har kuni ishga samolyotda borishga qaror qilgan. Ilgari u ofisi yaqinida ijaraga uy olib yashagan va oilasi bilan faqat dam olish kunlari koʻrishgan.
“Har kuni ertalab soat toʻrtda turish odamni charchatadi. Biroq uyga qaytib, bolalarimni koʻrganimda charchoq oʻz-oʻzidan yoʻqoladi”, — deb ta'kidladi Kaur.
Ayol 2024 yilning yanvar oyidan boshlab ishga uchib borishni boshlagan. Shu vaqt mobaynida u hatto mablagʻ tejashga muvaffaq boʻldi. Uning aytishicha, kvartirada yashagan paytlari oylik xarajatlari 474 dollar boʻlgan, endi bu 316 dollarga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar