21:32 / 17.02.2025
223

AQSh Moskva va Kiyev bilan umumiy sammit oʻtkazmoqchi

AQSh Moskva va Kiyev bilan umumiy sammit oʻtkazmoqchi
Фото: Getty Images
AQSh Ukraina delegatsiyasini Saudiya Arabistonidagi Rossiya bilan muzokaralarga taklif etmadi, chunki Vashington Moskva va Kiyev vakillari bilan alohida ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazib, keyinchalik qoʻshma uchrashuv uyushtirmoqchi. Bu haqda NBC amerikalik amaldorlar orasidagi manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

"Bu bizning Rossiya bilan ham, Ukraina bilan ham bir xil faollikda hamkorlik qilayotganimizni koʻrsatadi. Biz oʻlimlarni toʻxtatib, mustahkam tinchlikka erishishni xohlaymiz", dedi telekanal suhbatdoshlaridan biri.

NBC’ning Ukraina prezidenti atrofidagi manbasi Kiyevning hali ham Vashington va Moskvaning Saudiya Arabistonidagi uchrashuviga taklif qilinmaganini tasdiqladi.

Rossiya va AQSh delegatsiyalari 18 fevral kuni Saudiya Arabistonida uchrashishini Axios va “Kommersant” manbalari xabar qildi. AQSh tomonidan davlat kotibi Marko Rubio, maxsus vakil Stiv Uitkoff va prezidentning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Mayk Uols qatnashadi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avvalroq Kiyevning ushbu uchrashuvda ishtirok etmasligini ma'lum qilgan edi. Ukraina hukumati AQSh tomonining kelishuvni avval Kiyev bilan, keyin esa Moskva bilan muhokama qilishini talab qilgan.

AQSh prezidenti Donald Trampdan Zelenskiy muzokaralarga jalb qilinadimi, deb soʻrashganda, u ijobiy javob berdi, ammo qaysi uchrashuv haqida gap ketayotganini aniqlashtirmadi. Siyosatchi, shuningdek, rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Saudiya Arabistonida “juda tez fursatlarda” uchrashishini aytdi.

Rossiya va AQSh muzokaralari 18 fevral kuni boʻlib oʻtishi mumkin

Manbalarga koʻra, Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda 18 fevral kuni Rossiya va AQSh delegatsiyalari ishtirokida Ukraina boʻyicha muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Foto: Awalan
Yaqin kunlarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ham Saudiya Arabistonida boʻladi. Ushbu Amerika-Rossiya muzokaralarida Kiyev vakili ishtirok etmaydi. Ba'zi ma'lumotlarga koʻra, Rossiya delegatsiyasi tarkibiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham kiradi. 12 fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashdi. Kreml muzokaralar oʻtkazilganini tasdiqladi va Trampni Moskvaga taklif etdi.

Tramp mazkur suhbatdan soʻng Ukraina prezidentiga ham qoʻngʻiroq qildi. Zelenskiyning soʻzlariga koʻra, Tramp suhbatda Putin bilan boʻlgan muloqotning tafsilotlarini aytib bergan. AQSh prezidenti Ukraina rahbari ham, Putin singari, tinchlik oʻrnatishni istayotganini aytgan.

14 fevral kuni esa Tramp Saudiya Arabistonida Ukrainadagi mojaroni hal etish boʻyicha muzokaralar oʻtkazilishini ma'lum qildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo