AQSh Isroilga 2000 funtlik bombalar yubordi

AQSh Isroilga 2000 funtlik bombalar yubordi
Foto: Isroil Mudofaa vaziriligi
9 oylik tanaffusdan keyin AQShdan Isroilga 2000 funtlik MK-84 bombalar partiyasi yetib keldi. Amerika prezidenti Donald Tramp sobiq yetakchi Jo Baydenning 2024 yil mayidan buyon amalda boʻlgan ogʻir qurollar yetkazib berishga qoʻygan taqiqini bekor qildi.

Ma'lum qilinishicha, 15 fevral kuni kechasi ogʻir aviabombalar ortilgan kema Ashdod portiga yetib kelgan. Oʻq-dorilar tezda tushirilib, havo kuchlari bazalariga yetkazilgan. Isroil Mudofaa vazirligining xabariga koʻra, yuk oʻnlab yuk mashinalarida tashilgan, logistika ishlari esa isroillik va amerikalik mutaxassislar hamkorligida amalga oshirilgan.

Vazirlik ma'lumotlariga koʻra, urush boshlanganidan beri Isroilga jami 76 ming tonnadan ortiq harbiy texnika yetkazib berilgan. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik havo va dengiz orqali qurol-yarogʻ yetkazib berish operatsiyasi boʻldi.

Isroil mudofaa vaziri Isroil Kas Tramp ma'muriyatiga qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bugun tunda Isroilga yetib kelgan va Tramp ma'muriyati tomonidan ruxsat berilgan oʻq-dorilar yetkazib berilishi bizning harbiy-havo kuchlarimiz va armiyamiz uchun sezilarli kuchayishdir. Bu, shuningdek, Isroil hamda Qoʻshma Shtatlar oʻrtasidagi mustahkam ittifoqning yana bir dalilidir, dedi Kas.
AQSh Isroilga 2000 funtlik bombalar yubordi
Foto: Isroil Mudofaa vaziriligi
U AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset bilan soʻnggi suhbatida Vashington bundan keyin ham Isroilni himoya qilish uchun zarur boʻlgan barcha qurol-yarogʻ bilan ta'minlashi haqida kafolat olgani haqida qoʻshimcha qildi.

Ta'minot Isroil mudofaa armiyasi Gʻazoda jangovar harakatlarni qayta boshlash imkoniyatini koʻrib chiqayotgan paytda keltirildi. Yaqin ikki hafta ichida, agar HAMAS garovga olinganlarni topshirishni toʻxtatsa yoki ozod qilishning keyingi bosqichlari boʻyicha muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Isroil armiyasi yana hujumga oʻtishi mumkin.

Mudofaa vazirligi armiya uchun oʻq-dorilar yetkazib berishni davom ettirmoqda. Bugungi kunga qadar Isroilga 76 ming tonnadan ortiq harbiy texnika 678 ta aviareys va 129 ta dengiz kemasi orqali yetkazib berilgan. Bu mamlakat tarixidagi eng yirik havo va dengiz orqali yetkazib berish operatsiyasidir.

Nima uchun Bayden qurol yetkazib berishni toʻxtatib qoʻydi?

2024 yil 6 mayda Isroil armiyasi Rafahga hujum boshlaganida boshlaganidan soʻng Bayden ma'muriyati qurol yetkazib berishni toʻxtatgan edi. Oʻshanda AQSh hujumga qarshi chiqib, bosqinlar falastinlik tinch aholi orasida ommaviy qurbonlarga olib kelishidan xavotir bildirgan edi. Bayden shaxsan ba'zi turdagi qurollarni, jumladan, 2000 funtlik MK-84 bombalarini yetkazib berishni toʻxtatishga buyruq bergan. Bu Isroilning harakatlaridan norozilik belgisi, shuningdek, agar qurbonlar soni haddan tashqari koʻpayib ketsa, AQSh harbiy yordamni butunlay toʻxtatishi mumkinligi haqida ogohlantirish boʻlgan.

Cheklovlarning bir qismi 2024 yil iyun oyida, oʻsha paytdagi Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Vashingtonga tashrif buyurganida bekor qilingan edi.

Biroq sentyabr oyida bosh vazir Benyamin Netanyaxu Baydenni sustkashlik qilayotgani uchun tanqid qilib, Gʻazo boshqaruvini Falastin ma'muriyatiga topshirish rejalari boʻyicha uning jamoasi bilan ochiqchasiga bahslashdi. Shundan soʻng AQSh yana ogʻir oʻq-dorilar yetkazib berishni toʻxtatdi.

Trampning saylovdagi gʻalabasi vaziyatni butunlay oʻzgartirdi

2025 yil 20 yanvarda AQShning amaldagi rahbari taqiqni rasman bekor qildi va endi bombalarning birinchi partiyalari allaqachon Isroilga yetib keldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar