08:03 / 18.02.2025
264

Zelenskiy Erdoʻgʻanning taklifiga koʻra 18 fevral kuni Turkiyaga boradi

Zelenskiy Erdoʻgʻanning taklifiga koʻra 18 fevral kuni Turkiyaga boradi
Foto: Getty Images
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 18 fevral kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning taklifi bilan ushbu mamlakatga tashrif buyuradi. Uchrashuv davomida «strategik sheriklik» va ikki mamlakat hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, davlat rahbarlari «Ukrainadagi soʻnggi voqealar hamda boshqa mintaqaviy va global muammolar haqida» fikr almashadi, deb yozadi Turkiya prezidenti ma'muriyati vakili Fahrittin Altun.

Dushanba kuni Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan Anqara Ukrainada tinchlikni ta'minlash va mamlakatning qayta tiklanishiga koʻmaklashishda har qanday rolni oʻynashga tayyorligini bildirgan edi. Uning fikricha, kelishuvga erishish «juda qiyin» boʻladi. «Ideal dunyoda, biz, albatta, Ukrainaning hududiy yaxlitligi saqlanib qolishini xohlagan boʻlardik. Ammo ayni vaqtda urush davom etmoqda va afsuski, yoqimsiz qarorlarni qabul qilishga toʻgʻri keladi. Hozir tomonlar ushbu tanlovni amalga oshirishga urinmoqda: nimani berish, nimani saqlab qolish, keyinroq nima haqida gaplashish mumkin», — deydi Fidan. Shuningdek, u mojaroning barcha ishtirokchilari, jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri jang qilayotganlar ham oʻz ustuvorligini birinchi oʻringa koʻyayotganini qayd etdi.

18 fevral kuni, shuningdek, Saudiya Arabistonida AQSh va Rossiya vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Zelenskiy Erdoʻgʻan bilan uchrashishini e'lon qilarkan, Kiyev ushbu muzokaralar haqida hech narsa bilmasligini va unda ishtirok etmasligini bildirdi. Avvalroq u Ukrainada «AQSh prezidenti Donald Tramp va Evropa»ning tinchlik rejasi paydo boʻlganidan keyin urushni toʻxtatish uchun Vladimir Putin bilan muzokaralar stoliga oʻtishini ta'kidlagan edi.

Ammo hozircha Vashington Zelenskiyga faqat Ukrainaning nodir metallari zaxirasidan foydalanish toʻgʻrisidagi sheriklik bitimini taqdim etdi xolos. Hujjatga muvofiq, Kiyev Amerika yordami evaziga mamlakatning barcha mineral resurslarining 50 foizini AQShga berishi kerak. Zelenskiy xavfsizlik kafolatlari taqdim etilmaguncha, bitimni imzolashdan bosh tortdi. Keyinroq u Ukraina ham «Isroil varianti» kabi kafolatlarni olishni xohlashini ma'lum qildi. U Eron Tel-Avivga hujum qilganida AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya va hatto Iordaniya ham oʻzining havo hujumidan mudofaa kuchlari bilan ushbu mamlakatga yordam koʻrsatganini eslatdi.

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi vakili Brayan Xyuz «Qoʻshma Shtatlar bilan iqtisodiy majburiyat aloqalari kelajakdagi bosqinlar uchun eng yaxshi kafolat» ekanini ta'kidladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo