13:55 / 19.02.2025
390

Oq uy Ilon Maskni rasmiy vakolatlarga ega emasligini ma'lum qildi

Oq uy Ilon Maskni rasmiy vakolatlarga ega emasligini ma'lum qildi
Foto: Getty Images
AQShning 14 ta shtatidan prokuror va rasmiylar prezident Donald Tramp va Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Maskni sudga bergandi. Ular Maskga berilgan keng vakolatlardan norozilik bildirgan. Oq uy bunga javoban milliarderning hukumatdagi rolini tushuntirdi, deb yozadi Daryo nashri.

Oq uyning sud ma'lumotnomasiga koʻra, Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamenti xodimi emas. Milliarder prezident maslahatchisi boʻlib ishlaydi.

"Oq uyning boshqa katta maslahatchilari singari, Mask ham hukumat qarorlarini mustaqil ravishda qabul qilish uchun rasmiy vakolatlarga ega emas. U faqat prezidentga maslahat berishi va uning koʻrsatmalarini etkazishi mumkin", deyiladi ma'lumotnomada.

Oq uy sud jarayonlarida Maskning roli haqida ma'lumot berishga majbur boʻldi, chunki DOGE qarorlari koʻplab da'volarga sabab boʻldi. Mazkur departament federal xizmatchilarni keng miqyosda qisqartirdi va Kongress tomonidan ma'qullangan xarajatlarni toʻxtatdi. Koʻpchilik buni Maskka berilgan “nazoratdan tashqari vakolatlar” natijasi deb atadi.

Arizonadan Vashingtongacha boʻlgan 14 ta shtat Mask, DOGE va Trampga qarshi da'vo qoʻzgʻatdi. Ular Mask oʻz vakolatlarini suiiste'mol qilayotgani va “faqat tayinlangan, Qoʻshma Shtatlarning oliy mansabdor shaxsigina amalga oshirishi mumkin boʻlgan harakatlar”ni sodir etayotganini bildirdi.

"Hech kim tomonidan saylanmagan bitta shaxs qoʻlida davlat hokimiyatining toʻplanishidan koʻra demokratiyaga kattaroq tahdid yoʻq", deya ta'kidlanadi da'vo arizasida.

Sudya 18 fevral kuni kuni shtatlarning Mask va DOGE'ning ma'lumotlarga kirishini vaqtinchalik taqiqlash va davlat xizmatchilarini ishdan boʻshatishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi talabini rad etdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo