
Kollaj: PTI
Hindistonda futbol oʻyini boshlanishidan oldin petardalar portlashi oqibatida 30 dan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda NDTV'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Politsiya ma'lumotlariga koʻra, voqea 17 fevral, dushanba kuni sodir boʻlgan. Futbol maydonida petardalardan foydalanilgan, ular portlab, tomoshabinlar oʻtirgan joylarga uchib ketgan. Barcha jabrlanganlar yaqin oradagi shifoxonaga etkazilgan. Jiddiy jarohat olganlar haqida xabar berilmagan. Politsiya holat yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.
4 fevral kuni Xitoyda bir bola kanalizatsiyaga petarda uloqtirgandi. Qqibatda metan portlab, avtoturargohda turgan sakkizta mashinaga zarar etgan. Transport vositalariga etkazilgan zarar 285 ming yuan (deyarli 40 ming dollar) ga baholangan. Qurbonlar va jarohatlanganlar haqida xabar berilmagan.
Hindistonda kuzatilgan soʻnggi baxtsiz hodisalar
♦ 15 fevral kuni Nyu Dehli shahridagi temiryoʻl vokzalida sodir boʻlgan tiqilinchda kamida 18 kishi, jumladan, 11 ayol va besh bola halok boʻldi. 14-raqamli temiryoʻl platformasida Prayagraj Express poyezdining joʻnashini koʻp sonli odamlar kutib turgan. Ular Maha Kumbha diniy festivaliga borish uchun poyezdlarga chiqishga shoshilgan.
♦ Yanvar oyida aynan Maha Kumbhu diniy festivalidagi tiqilinch sabab 40 kishi halok boʻlgandi. Dunyodagi eng yirik festivalda 400 million kishi ishtirok etishi kutilgandi. Tiqilinch oqibatida 60 kishi jarohatlangan. Festivalning asosiy marosimi — suvda choʻmilish boʻlib, bu nafaqat tanani, balki ruhni ham gunohlardan poklaydi, deb ishoniladi.
Ziyoratchilar Gang daryosiga kirishda navbatlarini kutib oʻtirgan, toʻsatdan tartibsizlik va tirbandlik yuzaga kelgan. Olomon daryo qirgʻogʻiga qarab yoʻl olgan, odamlar yiqila boshlagan. Falokatga qaramay, festival davom etgan. Har 12 yilda bir marta oʻtkaziladigan bu tadbir 45 kun davom etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar