
Financial Times gazetasining yozishicha, Qoʻshma Shtatlar G7 bayonotida Rossiyani «tajovuzkor» deb atashdan voz kechib, an'anaviy birlikni izdan chiqarish bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda nashrga besh nafar gʻarb rasmiysi ma'lum qildi.
FTʼning yozishicha, kelishmovchilik Tramp Zelenskiyni «diktator» deb atagan va Rossiyani G7 tarkibiga qaytarishni taklif qilganidan keyin yuzaga kelgan. Nashr manbalariga koʻra, Amerika maxsus vakillari G7 etakchilari 2022 yildan beri harbiy harakatlarni tasvirlashda ishlatib kelayotgan «Rossiya agressiyasi» iborasi va shunga oʻxshash formulalarga e'tiroz bildirmoqda.
Bundan tashqari, FT ma'lumotlariga koʻra, Zelenskiyning G7 virtual sammitida ishtirok etishi ham hozircha kelishib olinmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar