08:58 / 21.02.2025
659

Isroilda uchta avtobus ketma-ket portladi (video)

Isroilda uchta avtobus ketma-ket portladi (video)
Foto: The Times of Israel
Isroilning Tel-Aviv janubidagi Bat-Yam shahrida 20 fevral kuni kechqurun avtoturargohda turgan uchta avtobus portlab ketdi. Yana ikkita portlovchi qurilma zararsizlantirildi. Bu haqda The Times of Israel'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga koʻra, halok boʻlganlar va jabrlanganlar yoʻq. Bat-Yama ma'muriyati avtobuslar “portlashdan bir daqiqa oldin toʻxtash joyiga etib kelganini” ma'lum qildi.

5 kilogrammdan portlovchi modda boʻlgan barcha beshta bombaning taymerlari 21 fevral kuni ertalab bir vaqtning oʻzida ishga tushishi uchun dasturlashtirilgan, deyiladi xabarda.
Isroil xavfsizlik xizmatidagi manbaga koʻra, keyinroq politsiya Bat-Yam va Xolon shaharlaridagi avtobuslardan yana toʻrtta portlovchi qurilma topgan. Rasmiylar sodir boʻlgan voqeani “strategik terakt” sodir etishga urinish deb hisoblamoqda. Tergovda Isroil mudofaa armiyasi umumiy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda ishtirok etmoqda.

Isroil ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, kamida bitta ishlamagan portlovchi qurilmada “Tulkarmdan qasos” yozuvi topilgan — Iordan daryosining gʻarbiy sohilidagi shahar, u erda Isroil armiyasi 21 yanvardan beri “Temir devor” nomi ostida keng koʻlamli operatsiya oʻtkazmoqda.

Isroil boʻylab avtobus haydovchilariga sayohatni boshlashdan oldin avtobuslarni sinchkovlik bilan tekshirish buyurilgan. Ben-Gurion aeroportida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning aytishicha, u allaqachon armiyaga “Tulkarm qochqinlar lagerida, shuningdek, Yahudiya va Samariyadagi barcha qochqinlar lagerlarida terrorizmga qarshi faollikni oshirish” buyrugʻini bergan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo