14:20 / 21.02.2025
879

AQSh davlat kotibi Tramp qanday shartga asosan Putin bilan uchrashishini aytdi

AQSh davlat kotibi Tramp qanday shartga asosan Putin bilan uchrashishini aytdi
Foto: Getty images
AQSh va Rossiya prezidentlari Donald Tramp va Vladimir Putin oʻrtasidagi uchrashuv ehtimoli «koʻp jihatdan Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishish mumkinligiga bogʻliq». Bu haqda AQSh davlat kotibi Marko Rubio 20 fevral, payshanba kuni X platformasida translyatsiya qilingan jurnalist Ketrin Xerrijga bergan intervyusida ma'lum qildi.

Trampning Putin bilan uchrashuvi shartlari

Rubio 18 fevral kuni Ar-Riyodda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar chogʻida Trampning Putin bilan uchrashuvini muhokama qilganini aytdi. Ammo Lavrov va Rossiya rasmiylariga «u nima haqida boʻlishini bilmagunimizcha, uchrashuv boʻlmaydi» deyildi, deb qoʻshimcha qildi Rubio.

«Odatda bunday uchrashuvlar qandaydir natija ma'lum boʻlmaguncha yoki qandaydir yutuqlarga erishilmaguncha oʻtkazilmaydi», deb tushuntirdi Amerika tashqi siyosat idorasi rahbari. Biroq, agar AQSh va Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish boʻyicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erisha olsa va Trampning Putin bilan uchrashuvi kelishuvni mustahkamlasa, «hamma prezident Trampni tinchlikparvar sifatida sharaflashi kerak», dedi u.

Rossiyaning niyatlari jiddiyligiga oydinlik kiritish kerak

Tramp Putin bilan telefon suhbatidan soʻng fevral oyi oxirigacha u bilan shaxsan uchrashishi mumkinligini aytgan boʻlsa-da, Rubio bu qachon yuz berishi mumkinligini «bilmasligini» aytdi.

Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, Amerika prezidenti Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushni toʻxtatish borasida qanchalik jiddiy ekanini bilmoqchi. Buni tekshirishning yagona yoʻli Moskvadan toʻgʻridan toʻgʻri soʻrash, deya qoʻshimcha qildi Rubio. Saudiya Arabistonidagi muzokaralardagi yagona kelishuv tinchlik haqida gapirishni davom ettirish niyati edi, deya tushuntirdi u.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo