18:34 / 21.02.2025
148

BAAda ayollardan iborat ilk qutqaruv guruhi ishga tushdi (foto)

BAAda ayollardan iborat ilk qutqaruv guruhi ishga tushdi (foto)
Foto: Gulf News
Dubay politsiyasi ilk bor faqat ayollardan iborat 16 kishilik qutqaruv guruhini tuzdi. Bu haqda Gulf News'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Ular Transport va qutqaruv departamentida ishlaydi. Bu Arab Amirliklari va Yaqin Sharqdagi toʻliq ayollardan iborat birinchi qutqaruv otryadi hisoblanadi. Guruh favqulodda vaziyatlarda ayollar va bolalarning ehtiyojlarini qondirish uchun tuzilgan. Jamoa yoʻl-transport hodisalari, yongʻinlar, qidiruv-qutqaruv ishlarini bartaraf etish va jabrlangan ayollarga hissiy yordam koʻrsatish boʻyicha oʻqitilgan.

Guruhga qoʻshilishdan oldin qizlar 6 oy davomida politsiya akademiyasida harbiy va qutqaruv mashgʻulotlari, jismoniy tayyorgarlik va maxsus qutqaruv usullarini oʻrgangan. Ular oʻqishni 2024 yil sentyabr oyida tamomlagan.

Foto: Gulf News
Tayyorgarlik arqon yordamida toqqa chiqish va tushish, patrul mashinasi bilan jihozlangan maxsus uskunalar bilan ishlash koʻnikmalarini oʻz ichiga olgan. Barcha ayollar haydovchilik guvohnomasiga ega. Ular favqulodda holatlarga 7 daqiqadan kam vaqt ichida javob berishni maqsad qilgan.

Ayollar yongʻin, qulflangan eshiklar, nosoz liftlar, qidiruv-qutqaruv ishlari va falokatlar boʻyicha chaqiruvlarga ham javob beradi.

Foto: The National News

Foto: The National News

Foto: The National News

Foto: The National News

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo