11:41 / 23.02.2025
162

Vladimir Putin rossiyaliklarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi

Vladimir Putin rossiyaliklarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin mamlakat aholisini Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.

“Hurmatli doʻstlar, hamkasblar! Sizlarni Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan tabriklayman. Bu muborak kunda aziz faxriylarimizni, Rossiya Qurolli Kuchlarining shaxsiy tarkibi va fuqarolik xizmatchilarini qutlayman. Jang maydonlarida toblangan, sinovlardan oʻtgan har bir askar va ofitser biz uchun qadrli. Ayniqsa, maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilariga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bugun ular oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, jasorat bilan Vatan, milliy manfaatlar va Rossiya kelajagini himoya qilmoqdalar. Aynan sizlar bugungi kun qahramonlarisiz”, — dedi davlat rahbari.

Putin Rossiyada 2025 yil Vatan himoyachilari yili deb e'lon qilinganini ta'kidladi. Bu qaror 80 yillik Gʻalaba bayrami munosabati bilan qabul qilindi. Prezident ushbu kun armiya va flotga, shuningdek, harbiy xizmatni oʻz kasbi va yuksak burchi deb bilgan insonlarga boʻlgan umumxalq muhabbati va hurmatini aks ettirishini eslatib oʻtdi.

Shuningdek, Rossiya etakchisi maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilariga jasorat va mustahkam irodalari uchun minnatdorlik bildirdi.

“Bugun dunyodagi tezkor oʻzgarishlarga qaramasdan, Qurolli Kuchlarimizni mustahkamlash va rivojlantirish boʻyicha strategik yoʻnalishimiz oʻzgarmasligicha qoladi. Armiya va flotning jangovar imkoniyatlarini yanada oshirish, ularning tayyorgarligini mustahkamlash biz uchun Rossiya xavfsizligining kafolati va uning mustaqil taraqqiyotining muhim omilidir”, — dedi Putin.

Prezident soʻzining yakunida harbiylarga xizmatda muvaffaqiyatlar tilab, Rossiya askarlari va ofitserlarining oila a'zolariga samimiy tilaklar yoʻlladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo