10:24 / 24.02.2025
128

Germaniya kanslerligiga nomzodlar Ukraina va Tramp boʻyicha bahslashdi

Germaniya kanslerligiga nomzodlar Ukraina va Tramp boʻyicha bahslashdi
Foto: Michael Kappeler/dpa-Pool/dpa/picture alliance
23 fevral, yakshanba kuni navbatdan tashqari saylovlar kuni ARD va ZDF telekanallarining Berliner Runde («Berlin davra suhbati») dasturida kanslerlikka nomzodlar va mamlakatning etakchi partiyalari vakillari soʻzga chiqdi.

Ukrainadagi urush: Alis Vaydel Robert Xabek bilan bahslashdi

Oʻta oʻng «Germaniya uchun muqobil» partiyasidan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Alis Vaydel dastur davomida Rossiyaning Ukrainaga hujumini «xalqaro qonunlarga zid» deb atadi, ammo qoʻshimcha qildi: «Aybdorlik masalasi boshidanoq haddan tashqari bir yoqlama qoʻyilgan edi».

«Ittifoq-90/yashillar» soʻl liberal partiyasi vakili va XDI/XSIning boʻlajak hukmron koalitsiyadagi ehtimoliy hamkori Robert Xabek Vaydelning soʻzlarini «yolgʻon» deb atadi va Ukrainaga yordam berish uchun maxsus jamgʻarma tashkil qilishni taklif qildi. Biroq, uning soʻzlariga koʻra, bu Bundestag deputatlarining uchdan ikki qismi qoʻllab-quvvatlashni talab qiladi, bu esa GuM, Sara Vagenknext soʻl populistik ittifoqi (SVI) va Soʻl partiyaning Ukrainadagi urushdagi pozitsiyasi tufayli amalga oshmasligi mumkin.

Germaniyaning keyingi kansleri va konservativ XDI/XSI bloki etakchisi Fridrix Mers Donald Tramp boshqaruvidagi AQSh Ukraina va Evropa kelajagiga nisbatan «befarq» ekanini aytdi. Shu bilan birga, u nemis qoʻshinlarini Ukraina hududiga kiritish masalasi hozirda kun tartibida emasligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo