
Foto: Getty images
Shri-Lanka poytaxti Kolombodagi sud zalida Ganemulla Sanjiva nomi bilan tanilgan jinoiy guruh etakchisi Sanjiv Kumara Samararatne otib tashlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qotil oʻzini advokat sifatida tanitib, sud binosiga kirgan. Jinoyat quroli sifatida u toʻpponcha ishlatgan. Qurolni 25 yoshli qiz tekshiruvlardan olib oʻtgan — uni sahifalari kesib olingan kitob ichiga yashirgan.
Hujumchi qochishga urindi, ammo ushlandi. Uning sherigi boʻlgan qiz esa hamon qidiruvda. Politsiya u haqdagi ma'lumot uchun mukofot e'lon qildi.
Yana nimalar ma'lum?
Sanjiva bir nechta qotillikda gumonlanib, 2023 yil sentyabrdan beri qamoqda saqlanayotgandi. Oʻtgan hafta u sudga olib kelingan, soʻngra hujumga uchragach, shifoxonaga etkazilgan, u erda Sanjiva vafot etdi.
Voqeadan soʻng parlamentda sudlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalasi muhokama qilindi. Oʻta xavfli gumonlanuvchilar uchun qurolli soqchilar tashkil etish masalasi koʻtarildi.
Hodisa rasmiylarning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni kuchaytirish haqidagi va'dalari fonida sodir boʻldi. 2024 yilda Shri-Lankada kamida toʻqqizta qotillik jinoyati qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar