
Foto: Anadolu
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat Ukrainadagi janglarni faqat tinch yoʻl bilan hal qilish boʻyicha muzokaralar Moskva uchun maqbul boʻlgan qat'iy va barqaror natija berganidagina toʻxtatishini ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya aniq kelishuvlarsiz toʻqnashuv chizigʻida “darhol yarashish” va oʻt ochishni toʻxtatish variantini qabul qilmaydi, deb yozadi Daryo nashri.
"Men faqat bizning pozitsiyamizni tasdiqlashim mumkin, chunki u siz tilga olgan shaxsning pozitsiyasidan farqli oʻlaroq oʻzgarmadi. Zelenskiy esa oʻz fikrini yashil maykalardan ham tez-tez oʻzgartiradi. Evropa mamlakatlarining pozitsiyasini ham tushunish qiyin, chunki ularning qarashi ham ancha beqaror. Bu fonda AQShning pozitsiyasi ajralib turadi. U izchil bayon etilgan boʻlib, shunchaki darhol yarashib, kesishish chizigʻini qoldirib, keyin nima qilishni oʻylashga undamaydi. Biz har doim bunday variant bizni qoniqtirmasligini ta'kidlab kelganmiz", dedi Lavrov Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bilan muzokaralar yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan matbuot anjumanida.
Rossiya TIV tahbari Rossiyaning Ukraina bilan ham, Evropa bilan ham tinchlikka erishishga xayrixohlik ruhida yordam berishni xohlagan har qanday vakillar bilan muzokaralar olib borishga tayyorligini ta'kidladi. Lavrov yana bir bor Rossiya nuqtayi nazariga koʻra, 2022 yil bahorida Kiyev va Moskva uchrashuvlarida ishlab chiqilgan Istanbul kelishuvlari Ukraina boʻyicha muzokaralar uchun asos boʻlishi mumkinligini eslatib oʻtdi.
Vladimir Putin avvalroq jangovar harakatlarni toʻxtatish shartlari sifatida Ukraina armiyasining DXR va LXR, Xerson hamda Zaporoje viloyatlaridan chiqib ketishini, shuningdek, Ukrainaning NATOga a'zo boʻlishdan voz kechishini koʻrsatgan edi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi jangovar harakatlarni tugatishga intilayotgan AQSh prezidenti Donald Trampning rejasi hozircha noaniq ekanligini ta'kidladi. Ukraina esa oʻz navbatida ittifoqchilaridan xavfsizlik kafolatlarini olishda qat'iy turibdi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy matbuot anjumanida urushni tugatish va Rossiya bilan sulh tuzish istiqbollari, AQSh bilan muzokaralar, Tramp bilan munosabatlar hamda Ukrainadagi saylovlar masalasi haqida gapirgandi.

Foto: Reuters
Jurnalistlar bilan suhbatda Zelenskiy Ukrainada tinchlik oʻrnatish uchun zarur boʻlsa, prezidentlik lavozimini tark etishga tayyorligini aytdi.
Agar Ukrainaga tinchlik uchun kerak boʻlsa, agar sizga juda muhim boʻlsa, lavozimimni tark etishimga tayyorman. Agar shunday shart darhol qoʻyilsa, men buni NATO a'zoligiga almashtira olaman, deya u jurnalistning savoliga javob berdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar