11:40 / 25.02.2025
184

Tramp mudofaa xarajatlarini kamaytirishni taklif qildi – Putin rozimi?

Tramp mudofaa xarajatlarini kamaytirishni taklif qildi – Putin rozimi?
Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya, AQSh va Xitoyning mudofaa xarajatlarini ikki baravar kamaytirish taklifini qoʻllab-quvvatladi. Uning soʻzlariga koʻra, Moskva bu masala boʻyicha muzokaralarga tayyor.

"Qoʻshma Shtatlar bilan kelishuvga erishishimiz mumkin, biz bunga qarshi emasmiz. Menimcha, bu gʻoya yaxshi: AQSh va Rossiya harbiy xarajatlarni 50 foizga qisqartiradi. Agar xohlasa, Xitoy ham bu jarayonga qoʻshilishi mumkin", – dedi Putin VGTRK telekanaliga bergan intervyusida.

Tramp yadro quroli va mudofaa boʻyicha muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirmoqda

Fevral oyi oʻrtalarida Donald Tramp Rossiya va Xitoy bilan yadro qurollarini nazorat qilish va harbiy byudjetlarni qisqartirish masalalarini muhokama qilish niyatida ekanligini ma'lum qildi.

"Hammasini hal qilganimizda, birinchi uchrashuvlardan biri Xitoy raisi Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan boʻladi. Men harbiy byudjetimizni yarmiga qisqartiraylik, deb aytmoqchiman", – dedi Tramp.

Shuningdek, AQSh prezidenti mamlakatlar "yangi yadro qurollarini ishlab chiqarishi shart emas" deb hisoblaydi. Uning fikricha, mavjud yadro qurollari etarli va bu xarajatlardan tejalgan mablagʻlar boshqa, samaraliroq yoʻnalishlarga yoʻnaltirilishi mumkin.

Rossiya va AQSh oʻrtasidagi harbiy xarajatlarni qisqartirish masalasi xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uygʻotmoqda. Agar bu kelishuv amalga oshsa, jahon xavfsizligi va yadro qurollari bilan bogʻliq tahdidlar kamayishi mumkin. Hozircha muzokaralar rejalashtirilgan, ammo ularning qaysi yoʻnalishda kechishini vaqt koʻrsatadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo