
Foto: Reuters
2024 yil dekabr oyida mamlakatda harbiy holat e'lon qilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol fuqarolardan uzr soʻradi. Bu haqda siyosatchining respublika konstitutsiyaviy sudidagi bayonotiga tayanib, Yonhap xabar berdi.
"Avvalo afsusda ekanimni aytmoqchiman, shuningdek, xalqdan minnatdorman", dedi u.
Siyosatchi garchi minnatdorchilik tuygʻusini his qilgan boʻlsa-da, unga berilgan vaqt ichida oʻz ishini bajara olmagani uni afsuslantirganini ta'kidladi.
Prezidentning impichment masalasi koʻrib chiqilayotgan yigʻilishda uning himoyachisi harbiy holat ikki soatdan keyin bekor qilingani va “farmon e'lon qilingan va bekor qilingan davrda birorta ham fuqaro jabrlanmagani”ni aytdi. Advokat Li Don Chan sudda Yun parlamentdagi muxolifat harakatlari munosabati bilan nizom kiritganini ma'lum qildi.
Yonhap'ning yozishicha, sud qarorni ikki hafta ichida, taxminan mart oyi oʻrtalarida chiqarishi mumkin.
Yun Sok Yolning hibsga olinishi
15 yanvar kuni Janubiy Koreyada tergovchilar ikkinchi urinishda Yun Sok Yolni hibsga oldi. Hokimiyatdan chetlatilgan prezidentni hibsga olishga birinchi urinish 3 yanvar kuni sodir boʻlgandi. Biroq oʻshanda Yun Sok Yolning qoʻriqchilari politsiya hibsga olishiga qarshilik qilgan. Ikkinchi urinishda esa uzoq davom etgan qarama-qarshilikdan soʻng, tergovchilar prezidentni Korruptsiya boʻyicha tergov byurosiga olib borishga muvaffaq boʻldi.
Yun Sok Yol ushlangunga qadar videomurojaat e'lon qilib, hibsga olishni “noqonuniy” deb bilishi, ammo qon toʻkilishining oldini olish uchun tergovchilar va politsiyaga boʻysunishga qaror qilganini aytgan.
Dekabr oyi boshida Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat joriy etishga muvaffaqiyatsiz urinib koʻrdi, shundan soʻng parlament uni isyon koʻtarishga uringanlikda ayblab, davlat rahbariga impichment e'lon qildi.
Yun 14 dekabrdan (parlament uning impichmenti uchun ovoz berganidan) prezidentlik lavozimidan chetlashtirilgan. Uning oʻzi dekabrning birinchi yarmidayoq qoʻzgʻolonga urinish ayblovlarini rad etib, harbiy holat joriy etilishi “siyosiy jihatdan tasdiqlangan qaror” ekanini aytgan. U davlatni falaj qilgan muxolifatdan himoya qilish uchun shunday qaror qabul qilgandi.
Prezident advokatlarining hibsga olishning qonuniyligiga e'tiroz bildirishga urinishi tufayli uning 48 soatlik qamoq muddati toʻxtatilgandi. Keyingi hibsga olish uchun yangi order chiqarilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar