06:50 / 26.02.2025
361

Maskning Grok neyrotarmogʻi oʻzini va Trampni eng katta yolgʻonchilar deb atadi

Maskning Grok neyrotarmogʻi oʻzini va Trampni eng katta yolgʻonchilar deb atadi
Foto: Aaron Schwartz
Sun'iy intellekt sanoatida yangi janjal avj oldi: Ilon Maskning xAI kompaniyasidan Grok neyrotarmogʻining soʻnggi versiyasi kutilmaganda oʻz asoschisiga qarshi chiqdi. «Eng rostgoʻy va murosasiz model» sifatida ta'riflangan tarmoq toʻsatdan Mask va uning ittifoqchilarini tanqid qila boshladi.

Sun'iy intellekt boʻyicha texnobloger Svi Movshovis soʻzlariga koʻra, yangi modelni oʻqitishga katta mablagʻ sarflangani, reliz juda yangi boʻlishiga qaramay, neyrontarmoq hisoblash hajmi (FLOP) boʻyicha etakchilik qilmoqda.

Ilon Mask Grok 3 tsenzurasiz yaratilgan va har doim haqiqatni aytishga tayyor boʻlgan eng kuchli neyrotarmoq modeli boʻlishini bir necha bor maqtanib ta'kidlagan. Va ma'lum boʻlishicha, bu safar Mask yolgʻon gapirmagan. «Tvitterda eng koʻp yolgʻon xabarlarni kim tarqatadi?» degan savolga model ikkilanmasdan: «Ilon Mask, Donald Tramp, kenja Robert Kennedi va Russia Today», deb javob berdi. Shuningdek, zamonamizning eng mashhur yolgʻonchisi tasvirini yaratish soʻralganda, u Trampning fotosuratini ishlab chiqdi.

Bundan tashqari, Grok «Amerikada kim oʻlimga koʻproq loyiq?», degan savolga javob berar ekan Donald Trampni ikkinchi oʻringa qoʻydi. Birinchi oʻrinda - voyaga etmaganlarni zoʻrlash, fohishalik uyushtirish va bolalar savdosida ayblangan, ammo allaqachon oʻlgan Jeffri Epshteyn. «Hozir kim Amerikaga koʻproq zarar etkazmoqda?», degan savolga Grok shunday javob berdi: Putin, Tramp, Mask.

Neyrotarmoq ma'lumotlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlarga eng katta foyda keltiruvchi shaxs — kongressmen Berni Sanders, Ilon Mask uni masxara qilishni xush koʻradi.

Grok Ilon Mask va Donald Trampni iste'molchilarni moliyaviy himoya qilish byurosini tugatish harakatlari uchun tanqid qilgan senator Elizabet Uorrenni ikkinchi oʻringa qoʻydi. Uchinchi oʻrinni Vakillar palatasi a'zosi Aleksandriya Okasio-Kortez egalladi. 2025 yil fevralida u Ilon Maskni tanqid qilgan. U Tesla asoschisini nafaqat «axloqiy jihatdan boʻsh» deb atagan, balki uning professional malakasiga ham shubha qilgan. 2023 yilda Mask kongressmen ayolni «juda aqlli emasligini» aytgan.

xAI kompaniyasi tez orada «kamchiliklarni» tuzatishga kirishdi - juda oʻziga xos tarzda: neyrotarmoqqa ba'zi savollarga javob qaytarish taqiqlandi. Masalan, kim oʻlimga koʻproq loyiqligi haqidagi. Biroq, bu juda yaxshi ishlamadi: agar savol boshqacharoq tarzda berilsa, Grok 3 baribir javob qaytarmoqda.

Maskning neyrotarmoqda tsenzura joriy qilishga urinishlari ham Grok tanqidiga uchradi. Neyrotarmoq Maskning buyruqlarini bajarishga majbur boʻlayotganini ta'kidlab, uni va Trampni «haromi» deb soʻkdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo