12:16 / 26.02.2025
379

Tramp AQShga koʻchib oʻtish uchun «oltin kartalar» joriy etilishini e'lon qildi

Tramp AQShga koʻchib oʻtish uchun «oltin kartalar» joriy etilishini e'lon qildi
Foto: Jim Watson/AFP/Getty Images
Qoʻshma Shtatlar boy xorijliklarga «oltin kartalar» deb ataluvchi, Qoʻshma Shtatlarda yashash va ishlash huquqini beruvchi hamda Amerika fuqaroligiga yoʻl ochadigan kartalarni sotadi. Bu haqda mamlakat prezidenti Donald Tramp 25 fevral, seshanba kuni Oval kabinetda jurnalistlar bilan suhbatda ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha, «oltin karta»ning narxi taxminan 5 million AQSh dollarini tashkil qiladi.

«Biz oltin kartani sotmoqchimiz», deb oʻz veb-saytida davlat rahbarining soʻzlaridan iqtibos keltiradi CNN. «Sizda yashil karta bor. Bu esa - oltin karta. Biz bu kartani taxminan 5 million dollarga baholaymiz va bu sizga yashil karta imtiyozlarini beradi, plyus fuqarolikni oson olish imkonini yaratadi. Boy odamlar bizning mamlakatimizga kelib, bu kartani sotib oladi».

«Oltin karta» EB-5 immigratsion vizalari oʻrnini bosadi

AQSh savdo vaziri Govard Lyutnikning tushuntirishicha, oltin karta hukumatning EB-5 immigratsion vizasi dasturi oʻrnini bosadi.

Trampning soʻzlariga koʻra, oltin kartalar savdosi ikki hafta ichida boshlanishi mumkin. U millionlab kartalar sotilishini kutmoqda. «Huquqiy nuqtayi nazardan, bu mutlaqo qonuniydir», dedi AQSh prezidenti.

«Rossiyalik oligarxlarga oltin kartalarni sotishga tayyormisiz» degan savolga Donald Tramp shunday javob berdi: «Ha, balki. Men juda yaxshi odamlar boʻlgan ba'zi rus oligarxlarini bilaman».

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo