
Dubaylik millionerning rafiqasi Malika Raja ikkinchi farzandiga homilador boʻlgach, eriga bu haqda talablar roʻyxatini taqdim etadi.
Istaklar roʻyxatiga pul ham, qimmatbaho buyumlar ham kiritilgan:
- Ayol qiz farzand kutayotgani uchun pushti rangdagi Gelendvagen
- 2 mln dollarlik yangi uy, uning ta'miri uchun yana 1 mln dollar.
- 8 ta Dior sumkasi xarid qilish uchun 1mln dollar, qiziga Van Cleef taqinchoqlari uchun 80 ming dollar.
- Bir oy davomida kundalik massaj uchun 10 ming dollar.
- Shaxsiy haydovchi va yangi avtomobil uchun 150 ming dollar.

Ayol farzandining kelajagi haqida oʻylab, qimmatbaho taqinchoqlar sotib olish qizi uchun eng yaxshi sarmoya deb qaror qildi. Shu munosabat bilan millioner oʻzining kichkina malikasiga shaxsiy buyurtma asosida yasalgan brilliant bilaguzuk uchun 200 ming dollar va boshqa oltin taqinchoqlarga 70 ming dollar sarfladi.

Jami hisobda millionerning xotini istagan narsalar 3 million 660 ming dollarga teng boʻldi. Ayolning ishonchi komilki, bu xarajatlar bilan eri kambagʻallashib qolmaydi, aksincha, oilaning ehtiyojlarini qondirish uchun yanada koʻproq pul topishga ragʻbati paydo boʻladi.
Avvalroq Malika unga ham uy bekasi boʻlish oson emasligini aytgan edi: xususan, eri uning vazifasi faqat bolalarga qarash deb hisoblaydi, shu sababli ayolga bir qator taqiqlar qoʻyilgan. Misol uchun, unga eri bilan yonma-yon mashinaning old oʻrindigʻiga oʻtirish man etilgan. Malikaning joyi orqada, bolalariga koʻz-quloq boʻlib turish uchun.

Albatta, bu achinarli vaziyat bechora uy bekasining hayotiga bir oz gʻam-gʻussa qoʻshadi, ammo u boshiga tushgan qiyinchiliklarga sabr-toqat bilan bardosh bermoqda. Ayniqsa, eri unga qimmatbaho sovgʻalar olishdan hech qachon bosh tortmaydi va sevimli xotiniga pul sarflash unga yoqishini aytadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar