00:45 / 27.02.2025
68

Tramp tarafdorlari uni uchinchi muddatga saylash uchun Konstitutsiyani o‘zgartirishmoqchi

Tramp tarafdorlari uni uchinchi muddatga saylash uchun Konstitutsiyani o‘zgartirishmoqchi
Foto: The New York Times
Donald Tramp tarafdorlari guruhi amaldagi prezidenti yana bir muddat o‘z lavozimida qolishi uchun Konstitutsiyani o‘zgartirish kampaniyasini boshlab yubordi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Nashrning Oq uydagi muxbiri Piter Nikolas so‘zlariga ko‘ra, Tramp o‘z tarafdorlariga to‘sqinlik qilish uchun hech qanday chora ko‘rmayapti va bundan tashqari, o‘zining navbatdagi prezidentlik muddati g‘oyasini faol ravishda ilgari surmoqda. Amerika siyosiy doiralarining ba’zi vakillarining fikriga ko‘ra, u shunchaki o‘z raqiblari va tanqidchilari «ustidan kulmoqda».

O‘tgan hafta oxirida amerikalik konservativ siyosatchilar uchun muhim voqealardan biri - Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasi (CPAC) Vashington yaqinida bo‘lib o‘tdi. Mitingda namoyish etilgan plakatlarda Tramp qadimgi Rim libosida tasvirlangan va «Uchinchi muddat loyihasi», «Tramp uchun 2028 yilda... va undan keyin!» degan shiorlar bor edi.

Nikolasning aytishicha, konferensiya tashkilotchilaridan biri, 37 yoshli Sheyn Trexo tadbirdan maqsad konservativ respublikachilarni o‘tgan oy Tramp ittifoqchisi, Tennessi shtatidan respublikachi kongressmen Endi Ogls tomonidan kiritilgan Konstitutsiyani o‘zgartirish taklifini qo‘llab-quvvatlashga ko‘ndirish ekanini aytdi.

2024 yil oxirida Trampning o‘zi ham Vakillar palatasidagi respublikachilarga uchinchi prezidentlik muddati haqida gapirgan edi. Keyinroq, uning gaplari jiddiy emasligi aytildi.

AQSH Konstitutsiyasiga ko‘ra, hech kim ikki muddatdan ortiq AQSH prezidenti bo‘lolmaydi.

AQSH Konstitutsiyasiga tuzatish kiritish o‘ta murakkab jarayon hisoblanadi. U faqat muhim konsensus bilan amalga oshirilishi mumkin va ikkita asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: tuzatishni taklif qilish va uni ratifikatsiya qilish. Konstitutsiyaga kiritiladigan tuzatish faqat federal va mintaqaviy darajada keng qo‘llab-quvvatlanganda amalga oshirilishini ta’minlash uchun jarayon murakkab qilingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo