13:00 / 27.02.2025
260

Ukraina hukumati AQSH bilan resurslar bo‘yicha bitimni ma’qulladi

Ukraina hukumati AQSH bilan resurslar bo‘yicha bitimni ma’qulladi
Foto: Telegram / Denys_Smyhal
Kiyev Qo‘shma Shtatlar bilan bu mamlakatga Ukrainaning mineral resurslari, jumladan, nodir metallariga kirishni ta’minlaydigan shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmixalning 26 fevral, chorshanba kuni kechqurun e’lon qilingan Telegram'dagi xabarida aytiladi.

«Bugun hukumat Ukraina va AQSH o‘rtasida Investitsiyalarni tiklash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun zarur qarorlar qabul qilmoqda», — deyiladi uning postida.

Shmixal ushbu hujjatning asosiy bandlarini sanab o‘tdi. Ular Investitsiyalarni qayta tiklash jamg‘armasi Ukraina va Qo‘shma Shtatlarga birgalikda tegishli bo‘lishini va ikkala davlat hukumatlari tomonidan birgalikda boshqarilishini nazarda tutadi.

Shmixal AQSH bilan kelishuv qoidalari haqida

«Ukrainaning mineral resurslari va mineral boyliklari Ukrainaga tegishli bo‘lib qolmoqda; ular AQSH yoki boshqa birovning mulkiga o‘tkazilmaydi», — deydi Denis Shmixal. Unga ko‘ra, Ukraina o‘zining tabiiy resurslaridan keladigan kelajakdagi daromadlarining 50 foizini Jamg‘armaga o‘tkazadi. O‘z navbatida, Qo‘shma Shtatlar jamg‘armaga «Ukrainani tiklash uchun muhim bo‘lgan mablag‘lar, moliyaviy vositalar va boshqa aktivlar» shaklida o‘z hissasini qo‘shadi.

«Jamg‘arma tomonidan yig‘ilgan mablag‘lar faqat Ukrainani tiklash bo‘yicha loyihalarga sarmoya qilinadi. Kelishuv Ukrainaning Yevropa integratsiyasi jarayoni doirasidagi majburiyatlarini hisobga oladi», — deyiladi Shmixalning postida.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo