13:02 / 09.11.2016
7 337

Siyosatchi Marin Le Pen Trampni g‘alaba bilan tabrikladi

Siyosatchi Marin Le Pen Trampni g‘alaba bilan tabrikladi

Fransiyaning “Milliy front” partiyasi etakchisi Marin Le Pen Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lgan Donald Trampni saylovda g‘alaba qozongani bilan tabrikladi. Aytish kerakki, AQShda hali saylov natijalari rasman e’lon qilinganicha yo‘q.

Marin Le Pen o‘zining Twitter’dagi mikroblogida shunday yozadi:

“Qo‘shma shtatlarning yangi prezidenti Donald Tramp va Amerika xalqiga tabrik”.

Avvalroq, Le Pen o‘zini amerikalik siyosatchi bilan solishtirgandi. Uning aytishicha, Donald Tramp Le Pen kabi hech kimga qaram emas va begonalarning buyruqlarini bajaraydi. Le Pen Hillari Klinton haqida gapirganida, uning nomzodi Fransiya uchun eng yomon tanlov bo‘lishini ta’kidlagandi.

Ayni vaqtda AQShda bir qator OAV, agentliklar turli shtatlar bo‘yicha saylov natijalari borasida ma’lumotlar bermoqda. Hozircha Donald Tramp deyarli 90 foiz ovozga ega bo‘lgan.

Saylov borasidagi eng so‘nggi yangiliklarni biz bilan kuzatishda davom eting.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Siyosatchi Marin Le Pen Trampni g‘alaba bilan tabrikladi