22:24 / 28.02.2025
68

Sun’iy intellekt zilzilalarni bir necha kun oldin bashorat qilishni o‘rgandi

Sun’iy intellekt zilzilalarni bir necha kun oldin bashorat qilishni o‘rgandi
Surat: Frol Tarnovskiy / NewsFrol
AQSH va Yaponiya olimlari zilzilani sodir bo‘lishidan bir necha kun oldin bashorat qila oladigan noyob sun’iy intellekt algoritmini ishlab chiqdi. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, tizim seysmik faollikni, yer qobig‘idagi kuchlanish darajasini va hatto Yer magnit maydonidagi o‘zgarishlarni tahlil qiladi.

Sinovlar shuni ko‘rsatdiki, model Tinch okeanining olov halqasidagi bir nechta silkinishlarni, jumladan, yaqinda Yaponiyada sodir bo‘lgan 6,7 magnitudali zilzilani aniq bashorat qila olgan. Endilikda mutaxassislar ushbu texnologiyani erta ogohlantirish tizimlariga joriy etishni rejalashtirmoqda, bu esa aholi o‘rtasida yo‘qotishlarni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

Agar bashoratlar tasdiqlanishda davom etsa, bu seysmologiya va hayotni saqlab qolishda haqiqiy yutuq bo‘lishi mumkin!

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo