
AQSh prezidenti saylovida g‘olib bo‘lgan Respublikachi Donald Trampning Nyu-Yorkdagi bosh ofisi oldiga uning ko‘p sonli tarafdorlari yig‘ildi. Ular milliarderni qo‘llab-quvvatlovchi shiorlarni aytib, Trampni Hillari Klintonni qamoqqa tiqishga chaqirishmoqda.
“NBC” telekanali xodimi Twitter’dagi sahifasida yozishicha, Viskonsin shtatidagi ovoz beruvchilar saylov natijalariga o‘z munosabatlarini bildirishgan. Ekranda saylov natijalari chiqqan va ma’lum bo‘lishicha, Donald Tramp g‘olib bo‘lgan. Shundan so‘ng saylovchilar jo‘rovoz bo‘lib “uni qamoqqa tiq”, baqirishgan.
Tramp agar prezidentlikka saylansa, Klintonni qamoqqa tiqishini aytgani haqida avval xabar bergan edik. Ko‘ramiz, yangi prezident o‘z so‘zida turarmikin... “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar