
Xitoyning sharqiy provinsiyasida yosh bolaning tanasidan dahshatli zarba izlarini topishdi. Sababi nihoyatda oddiy: bola shunchaki uy vazifalarini bajara olmagani uchun onasi uni qamchi bilan savalagan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabariga ko‘ra, bolakay o‘qituvchisiga o‘gay onasi uni suv trubasi bilan urgani va bug‘da kuydirganini aytgan. Sababi esa, bola shunchaki uy vazifalarini bajara olmagani bo‘lgan.

Siz ushbu suratlarda bolakayning tanasiga etkazilgan dahshatli zarbalardan qolgan izlarni ko‘rishingiz mumkin.
50 yoshli ayolni hibsga olishdi. ( Onasi deyishga til bormaydi undaylarni) Unga qasddan sog‘liqqa zarar etkazish aybi qo‘yildi.

Bolakay 6 yoshligida boqib olingan. Kim bilsin agar odamlar vaqtida bilib qolmaganlarida, nimalar sodir bo‘lishi mumkin edi? Bu dahshatli voqeadan so‘ng, bola biologik ota — onasiga qaytarildi.
Ziyoda Ziyaeva tayyorladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar