11:34 / 03.03.2025
308

Tramp bayonoti sababli kriptovalyuta narxlari keskin oshdi

Tramp bayonoti sababli kriptovalyuta narxlari keskin oshdi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp kriptovalyuta zaxirasi yaratilishini e’lon qildi. Bu esa kriptovalyuta narxlarining keskin oshishiga olib keldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Trampning ma’lum qilshicha, kripto zaxiraga beshta tanga — Bitcoin, Ethereum, XRP, Solana va Sardano kiritiladi. Yangi zaxira qanday ishlashi hozircha noma’lum. 7 mart kuni Tramp Oq uyda birinchi Kripto sammitini o‘tkazishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

2 mart kuni prezident ishchi guruhi “XRP, SOL va ADA kriptovalyutalarini o‘z ichiga olgan strategik zaxirada oldinga siljishga yo‘naltirgan” dasturni imzolaganini aytdi. Shundan so‘ng Bitkoin va Ethereum 10 foizga, qolgan uchta tanganing narxi esa 62 foizgacha ko‘tarilgan.

Tramp avvalroq kripto tanqidchisi bo‘lgan va 2021 yilda Fox News telekanaliga bitkoin “firibgarlik” ekanini aytgandi. Ammo so‘nggi haftalarda u ham, rafiqasi Melaniya Tramp ham o‘zlarining kriptovalyutalarini ishga tushirdi, bu esa ularning Oq uy siyosatidan foyda ko‘rishga urinayotganliklari haqidagi ayblovlarga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilda AQSHning sobiq prezidenti Jo Baydenning ham kriptovalyuta siyosatida bir qator islohotlarni amalga oshirgan.

Baydenning kriptovalyuta siyosati qanday bo‘lgan?

AQSHning avvalgi prezidenti Jo Bayden firibgarlik bilan bog‘liq xavotirlar tufayli kriptovalyutalarga qarshi kurashni nazorat qilgan edi. Ushbu dasturning asosiy vazifalari:

- iste’molchilar va investorlarni himoya qilish;
- moliyaviy barqarorlikni rag‘batlantirish;
- noqonuniy moliyalashtirishga qarshi kurash;
- AQSHning jahon moliya tizimidagi yetakchiligi va iqtisodiy raqobatbardoshligi;
- moliyaviy inklyuziya.

Bu, shuningdek, mas’uliyatli innovatsiya kabi raqamli aktivlarni o‘z ichiga olib, bu loyiha orqali AQSH keng qamrovli kriptovalyuta siyosatini yo‘lga qo‘yib olgan edi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo