
Kollaj: “Daryo”
AQSHning Karolina shtatida keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari sababli favqulodda holat e’lon qilindi. Aholini evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqida CBS News xabar berdi.
Shimoliy Karolinadagi holat
Shtatda yong‘in xizmati xodimi Jeremi Uoldropning so‘zlariga ko‘ra, Polk okrugidagi yong‘in 400 dan 500 akrgacha bo‘lgan maydonni qamrab olgan. Yong‘inlar tez sur’atda avj olayotgani sababli Tryon va Saludadagi aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tryonda taxminan 1500, Saludada esa 1000 aholi istiqomat qiladi. Shaharlar Asheville okrugidan taxminan 40 mil janubda joylashgan.
Janubiy Karolinadagi holat
Mazkur shtatda ham vaziyat bir muncha chigal tus olgan. Horri okrugining qutqaruv xizmati o‘rmon yong‘ini kamida 1600 gektar maydonni yoqib yuborganini ma’lum qildi. Gubernator Genri MakMakter favqulodda holat e’lon qilib, aholini evakuatsiya qilishga buyurdi.
"Mahallamizdan evakuatsiya qilinmoqdamiz, chunki shamol kuchaygan va siljigan", deydi mahalli aholi vakili Jeyson Jauz.
2 mart kuni ertalab ikkita samolyot, Blackhawk vertolyoti va hattoki traktorlar ham yong‘inni o‘chirishga jalb qilingan. Shu kuni tushdan keyin esa sa’y-harakatlar natijasida ahvol yaxshilangani e’lon qilindi. Shtatlardagi yong‘indan qutqaruv xizmati evakuatsiya qilingan barcha aholi uylariga qaytishga muvaffaq bo‘lganini ma’lum qildi.
Los- Anjelesdagi daxshatli yong‘in
2025 yilning yanvar oyida Kaliforniya shtatining g‘arbiy qismida, xususan Los-Anjeles chekkasida keng mashtabli yong‘in sodir bo‘lgan edi. Shahardagi yong‘inlar Tinch okeani tomondan esgan kuchli shamollar tufayli tez tarqalgan bo‘lib, olov Pacific Palisades, Eaton, Harst, Sanset va Vudley hududlariga tarqalib, minglab gektar maydonni vayron qilgan.
Buning oqibatida 27 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 16 kishi bedarak yo‘qolgan hamda taxminan 150 ming aholi evakuatsiya qilingan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar