09:06 / 04.03.2025
119

O‘zgalar nomiga akkaunt ochib, ularning tanishlaridan pul undirgan talaba ushlandi

O‘zgalar nomiga akkaunt ochib, ularning tanishlaridan pul undirgan talaba ushlandi
Jizzax shahridagi OTMlardan birining talabasi o‘zga shaxslarni aldagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Sharof Rashidov tumanida yashovchi ushbu shaxs 2024 yilning dekabr oyida o‘zi ta’lim olayotgan oliygoh talabasi bo‘lgan g‘allaorollik tanishi nomiga Telegram akkaunt ochgan. Ushbu akkaunt orqali Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumanida yashovchi, OTM talabasi bo‘lgan tanishidan 600 ming so‘m miqdorida qarz so‘raydi.

Pullarni esa boshqa shaxs nomidagi bank plastik kartasiga o‘tkazib olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Ushbu shaxs ikki kun o‘tgach tumanning “Yangihayot” mahallasida yashovchi talaba nomiga ham akkaunt ochib, mahalladoshini naqd pul olib borib berishga ko‘ndiradi.

Shartnoma uchun to‘lov qilish bahonasida uning kartasidan 1,5 mln so‘mni boshqa kishi nomidagi plastik kartasiga o‘tkazib oladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo