
Suriya poytaxti Damashqda hokimiyatdan ag‘darilgan yetakchi Bashar Asadning ukasi Mohir Asadning yozgi qarorgohi ostidan seyflar va zirhli xonalar joylashgan tunnellar topildi, deb xabar berdi Anadolu.
Mohir Asad Suriya armiyasining elita bo‘linmasi bo‘lgan 4-zirhli diviziya qo‘mondoni edi. Uning yozgi qarorgohi Damashq-Bayrut avtomagistrali yaqinida, poytaxtga qaragan tepalikda joylashgan. Uch qavatli bino baland devorlar bilan o‘ralgan va keng hovlida vertolyot maydonchasi bor.
Turar joyning birinchi qavatida avtoturargoh va konferensiya zali, yerto‘lada esa tunnellar tarmog‘iga olib boradigan zirhli eshik bor.

Eshikni ochib, 22 ta zinapoyadan pastga tushilsa, dam olish xonasiga kirish mumkin. Yana 130 ta zinapoyadan tushgandan so‘ng tunnellar tarmog‘iga kirish mumkin. E’tiborlisi, elektr simlari, ventilyatsiya, yotoq xonalari, oshxona va hammom bilan jihozlangan tunnellar zirhli eshiklar bilan himoyalangan. Asosiy tunneldagi ba’zi xonalarda bo‘sh seyflar va hashamatli soatlar qo‘yiladigan javonlar topilgan. Tunnellarda hali ochilmagan ikkita zirhli eshik bor, uning ortida nima borligi hali noma’lum.
Taxminan 3 kilometr uzunlikdagi tunnellarning bir tarmog‘i ag‘darilgan tuzum armiyasining 4-zirhli diviziyasi umumiy shtabiga olib boradi. Suriya-Livan avtomagistrali yo‘nalishida tunnellarga transport vositalarining kirish joyi ham ko‘rinadi.
Qarorgohdagi qo‘riqchilardan biri Fayz Muhammad so‘zlariga ko‘ra, Mohir Asad qarorgohdan ofis va dam olish maskani sifatida foydalangan.
Foto: Anadolu Agency “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar