Bu yil qish Evropa qit’asiga har doimigidan ko‘ra ancha erta kirib keldi, deya yozmoqda Sof.uz sayti.
Evropaning ko‘p joylarida qish allaqachon boshlangan. Sovuq shamol o‘zi bilan qor keltirib, janub sari esmoqda. Sovuq havo oqimi qutb girdobining pasayishi natijasi sifatida ko‘rilmoqda. Shimoliy qutb markazidagi past bosimli hududdagi quyunlar iliq havoni shimolga surib, savuq havo oqimining janub sari siljishiga olib kelgan.
Ispaniya va Fransiyaning Pireney tog‘lariga allaqachon qor tushgan. Kelayotgan uch kun ichida Alp tog‘larining shimoliy cho‘qqilariga kata miqdorda qor yog‘ishi kutilmoqda. Alp tog‘larida chang‘ida uchish mavsumi ancha erta boshlanmoqda. Shu bilan birga qor ko‘chkilari xavfi ham kutib turibdi.
Chorshanba kuni Buyuk Britaniyada yoqqan qor janubdagi tog‘ cho‘qqilarigacha etib borgani aytilmoqda. Belgiya, Gollandiya va Germaniyada ham qor yo‘gishi kutilmoqda.
Sharqiy Polsha, Belorus, Bosniya va Gersegovina va g‘arbiy Rossiyada yarim metrgacha qalinlikda qor yog‘ishi kutilmoqda. Shimoliy qutbdagi o‘zgarishlari kuzatayotgan olimlar kelayotgan haftalar davomida anchagina sovuq havo kutilayotganini ma’lum qilishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi