16:11 / 06.03.2025
131

Eronlik xonanda qo‘shig‘i uchun 74 darra qamchilandi

Eronlik xonanda qo‘shig‘i uchun 74 darra qamchilandi
Eronlik mashhur xonanda Mehdi Yarrahi ayollar kiyinish qoidalariga qarshi norozilik sifatida kuylagan qo‘shig‘i uchun 74 darra qamchilandi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Yarrahi dastlab 2023 yil sentyabr oyida “Sizning ro‘molingiz” nomli norozilik qo‘shig‘ini chiqargani sababli 2024 yilda noqonuniy harakatlar uchun sudlangan edi. U qo‘zg‘olon paytida ham qo‘shiqlar yozgan, Instagramda 1 milliondan ortiq obunachisi bor.

Keyinchalik Yarrahining bir yillik qamoq jazosi keyinchalik elektron bilakuzuk orqali uy qamog‘iga almashtirilgan edi va bu monitoring dekabr oyida yakunlanib, u ozodlikka chiqdi. Biroq, uchinchi tomon tomonidan to‘langan 15 milliard tuman (pul birligi) garov puli unga qaytarilishi 74 darra qamchilanish sharti bilan bog‘liq bo‘lib, jazo shu hafta ijro etildi.

"Men 74 darra qamchilash jazosini olishga tayyorman va bu g‘ayriinsoniy qiynoqni qoralasam-da, uni bekor qilishni so‘ramayman", degan o‘shanda Yarrahi.

O‘rta asrlardagi kabi kaltaklash haqidagi xabarlar Eron ijtimoiy tarmoqlarida keng noroziliklarga sabab bo‘ldi.

"Mehdi Yarrahiyning kaltaklash jazosining ijro etilishi Eron ayollarini qo‘llab-quvvatlagani uchun qasosdir. Uning tanasidagi qamchi Eronning mag‘rur ayollariga va “Ayol, hayot, erkinlik” harakatining qudratli ruhiga berilgan qamchidir", dedi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Nargis Muhammadiy.

Taniqli inson huquqlari faoli Masih Alinejad esa: “Ular urgan har bir qamchi ko‘proq ayollarning ro‘mol yechishiga sabab bo‘ladi. Yana ovozlar ko‘tariladi. Bu inqilobni hech narsa to‘xtata olmaydi. Bu rejim virusdek, tezda tarqaladi”, deya fikr bildirgan.

2024 yilda Eron sudlari tomonidan kamida 131 kishi 9957 darra qamchilash jazosiga hukm qilingan, deya xabar bermoqda Eronning Human Rights Activists News Agency nohukumat tashkiloti.
Foto: Getty Images

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo