
Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakatda qisqa muddatli harbiy holat joriy etilgani sababli isyonda ayblanib hibsga olingan Yun Sok Yolni hibsdan ozod qildi.
Yonhap nashrining yozishicha, prokuratura bir muddat oldin hibsga olish orderini bekor qilgan sud qaroridan so‘ng prezident ozodlikda ekan, dalillarni yo‘q qilishga urinishi va ishga oid shaxslar bilan uchrashishidan xavotir bildirgan edi. Biroq endi sud qarori ustidan shikoyat qilmaslikka qaror qilgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Yun Sok Yol allaqachon tergov izolatorini tark etgan. Uni tarafdorlari kutib olishdi.
Seul markaziy okrug sudi kecha hibsni bekor qilish va Yun Sok Yolni ozod qilishga qaror qilgan edi. Sudyalar prokurorlar qo‘zg‘olon bo‘yicha rasmiy ayblovlarni qo‘yishda bir necha soat kechikishganini aniqlagan.
Yanvar oyi o‘rtalarida Korrupsiyaga qarshi yuqori darajadagi tergov idorasi Yun Sok Yolni harbiy holat voqealari tufayli konstitutsiyaviy tuzumga qarshi isyon ko‘tarishda ayblab hibsga olgan edi. Keyin Seulning G‘arbiy tuman sudi uni hibsga olishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar