11:36 / 11.03.2025
1 170

«Men – vatanparvarman, siz esa beadabsiz»: Pugachyova Kiprda jurnalist bilan janjallashdi

«Men – vatanparvarman, siz esa beadabsiz»: Pugachyova Kiprda jurnalist bilan janjallashdi
Hozirgi vaqtda Alla Pugachyova Kiprda istiqomat qilmoqda. Rossiyalik jurnalistlar uni Limasoldagi sayr vaqtida uchratib, u yerdagi hayoti haqida savol berishdi. Biroq bu savol primadonna tomonidan keskin reaksiya bilan kutib olindi.

Jurnalistning so‘roviga javoban Pugachyova haqorat va tajovuzkor munosabat bilan javob qaytardi. Gap-so‘zlar shiddatli tus olganidan so‘ng jurnalist orqaga chekinishga majbur bo‘lgan va uni tinchlantirishni so‘ragan.

Janjal davomida Pugachyova o‘zini vatanparvar, jurnalistni esa besharaf deb atagan. Ammo u Rossiyadan nega chiqib ketganini izohlab bera olmagan.

"Menga Limassol juda yoqadi. Siz ahmoq va beadabsiz. Men vatanparvarman, siz esa beadabsiz", deb qichqirdi Pugacheva.

Qizig‘i shundaki, janjal vaqtida u bilan birga uning Maksim Galkindan tug‘ilgan o‘g‘li Garri ham bo‘lgan. U sodir bo‘layotgan mojaroni tinchgina kuzatgan.

Rossiyani tark etgan Pugachyova va Galkinning yangi hayoti

Ma’lumki, Pugachyova va Galkin maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan keyin Rossiyani tark etishgan. Ular avval Isroilga joylashishgan, ammo Yaqin Sharqdagi mojaro tufayli Kiprga ko‘chib o‘tishgan.

Shuningdek, ular ko‘p sayyohat qilishadi – yaqinda ularni Fransiya va Latviyada ham ko‘rishgan.

Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida keng muhokama qilinmoqda. Pugachyovaning keskin munosabati uning muxlislari o‘rtasida turli fikrlar paydo qildi. Uning Rossiyadan ketish sabablari haqida hali ham aniq ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo