Donald Trampning 2017 yil 20 yanvardagi inaugurasiyasidan keyin AQShning birinchi xonimi uning rafiqasi Melaniya Tramp bo‘ladi. Biroq shu bilan birga siyosatshunoslar Trampga rafiqasidan ko‘ra uning qizi, 35 yoshli Ivanka Tramp ko‘proq ta’sirga ega bo‘ladi, degan fikrni bildirmoqdalar.
Avgustda Trampdan saylovlarda g‘alaba qozonsa qaysi ayolni o‘z jamoasiga olgan bo‘lishi so‘ralganda "Tanlov katta, biroq hamma shubhasiz "Ivankani ol, Ivankani ol" deb aytsa kerak" deb javob bergan.
Ivanka Tramp namoyishlarda ishtirok etib va otasiga qo‘shimcha ovozlarni to‘plashga urinib uni butun saylovoldi kampaniyasi davomida qo‘llab-quvvatladi. Tadbirkor va ko‘p farzandli ayol bo‘lgan Ivanka otasi tomonga ko‘plab ayollarni jalb qila oldi.
Melaniya Tramp emas, aynan Ivanka milliarderning prezidentlikka nomzod sifatida tanishtirilishi marosimida unga hamrohlik qilgan. Vanity Fair jurnali Ivankani "Tramp rafiqasining o‘rinbosari" deb atagan. "Tramp shtabi, ko‘rinishicha, o‘z g‘oyalarini milliarderga uning rafiqasi orqali emas, balki qizi orqali etkazishni afzal ko‘radi", deb yozgan nashr.
Ivanka o‘z ukalari Erik va Donaldga otasining kompaniyasi – Trump Organization’ni va Trump Hotels mehmonxonalar tarmog‘ini boshqarishda yordam beradi. Trampning birorta ham rafiqasi oilaviy biznesga Ivankachalik ta’sirga ega bo‘lmagan. Aytishlaricha, Ivanka kompaniyada eng yirik bitimlarning tuzilishi uchun javobgar hisoblanadi.
Ivanka Tramp o‘z saytida "Men ayollarni ilhomlantirishni va ularga o‘z hayotlarini o‘zlari istagancha, boshqalarga boqmagan holda qurishlari uchun kuch berishni istayman", degan fikrni bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi