16:13 / 20.03.2025
420

Shimoliy Koreya bitkoin zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi

Shimoliy Koreya bitkoin zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘ringa chiqdi
Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat
Shimoliy Koreya dunyodagi eng yirik bitkoin egalari orasida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi, faqat AQSH va Buyuk Britaniyadan ortda qolmoqda. Bu keskin o‘sish, asosan, shimoliy koreyalik hakerlarning kriptovalyuta o‘g‘irlash borasidagi muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq, deb yozadi The Times.

Arkham Intelligence kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, kriptovalyuta hamyonlari egaligini aniqlash uchun sun’iy intellektdan foydalangan holda o‘tkazilgan tadqiqot Shimoliy Koreya hakerlar guruhi Lazarus (ular TraderTraitor nomi bilan ham ma’lum) 13 ming 580 bitkoinga egaligini ko‘rsatdi. Bugungi kunda bu miqdor taxminan 1,15 mlrd dollar baholanmoqda.

Natijada, Shimoliy Koreya kriptovalyuta zaxiralari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinda 16,5 mlrd dollarlik zaxira bilan AQSH, ikkinchi o‘rinda Buyuk Britaniya turibdi — ularning zaxirasi 5 mlrd dollar atrofida.

Shu bilan birga, AQSH va Buyuk Britaniya ushbu kriptoaktivlarni asosan jinoyatchilardan musodara qilingan mablag‘lar hisobidan qo‘lga kiritgan.

Lazarus Group dunyodagi eng muvaffaqiyatli jinoiy kibergurohlardan biri hisoblanadi. Uning hakerlik faoliyati orqali topgan mablag‘lari Kim Jong Un rejimi uchun muhim moliyaviy manba bo‘lib, jumladan, ommaviy qirg‘in qurollarini ishlab chiqish dasturlarini moliyalashtirishda qo‘llaniladi.

AQSH Federal tergov byurosi (FBI) ma’lum qilishicha, Lazarus kriptovalyuta birjasi Bybitga uyushtirilgan hujumda 1,6 mlrd dollarlik Ethereum'ni o‘g‘irlagan. Bu hajm Shimoliy Koreyaning 2023 yildagi harbiy budjeti (1,4 mlrd dollar) dan ham yuqori.

Bu hozirgacha aniqlangan eng yirik kibero‘g‘irlik hisoblanadi. Avvalgi rekord 2003 yilda Saddam Husayn tomonidan Iroq Markaziy bankidan o‘g‘irlangan 1 mlrd dollarga tegishli edi.

Kriptobezopaslik sohasida mutaxassislashgan TRM Labs ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil fevral oyida dunyo bo‘ylab kriptovalyutada o‘g‘irlangan 1,7 mlrd funt sterlingning 35 foizi Shimoliy Koreya hukumati bilan bog‘liq haker guruhlariga to‘g‘ri keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo