
Bu yil rekorddagi eng issiq beshtalik qatoriga kirishi mumkin. Bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida Rossiya Gidrometeorologiya markazi ilmiy rahbari Roman Vilfand aytib o‘tdi.
"2025 yil beshta eng issiq yillardan biri bo‘lishi ehtimoli bor. Bu so‘nggi yillarda issiqxona gazlari konsentratsiyasining ortib borishi ta’sirida tobora iliqlashayotgani bilan bog‘liq. Afsuski, bu jarayon haligacha barqarorlashgani yo‘q. Bundan tashqari, okean harorati juda yuqoriligicha qolmoqda, uning faol qatlami (atmosfera bilan aloqada - TASS eslatmasi) yaxshi isindi. Bu atmosferaning holatiga ham ta’sir qiladi: okeanlardan uzatiladigan issiqlik havo haroratining oshishiga yordam beradi", dedi u.
Vilfandning qo‘shimcha qilishicha, 2025 yilning ikkinchi yarmida eng issiqlar orasida qayer eng issiq bo‘lishini aniq aytish mumkin bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar