date
views 141

Tramp bojlari Amerikada “g‘amlash epidemiyasi”ni boshlatdimi?

Tramp bojlari Amerikada “g‘amlash epidemiyasi”ni boshlatdimi?
AQSHda yomg‘ir yog‘masidan qalpoq tayyorlana boshlandi! Donald Tramp qayta prezidentlikka qaytishi arafasida ayrim iqtisodiy siyosatlari ortidan Amerika bozorida hech kutilmagan holat yuz bermoqda — odamlar ommaviy ravishda oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj tovarlarini g‘amlashga kirishdi.

Bunday "vahima"ning sababi — Trampning import bojlariga oid siyosatlari. The Independent nashri yozishicha, ko‘plab amerikaliklar bojlar sabab narxlar keskin oshib ketishidan xavotirda. Shuning uchun Costco, Walmart va boshqa yirik do‘konlar tarmoqlaridagi mahsulotlarga talab keskin oshgan.

Qurilishchidan to ofis xodimigacha – hamma “g‘amlamoqda”!
Istemolchilar doimiy ravishda guruch, konservalar, suv, tish pastasi, sovun, zaytun yog‘i, sharbat, un, hatto muzlatilgan pitssalarni ommaviy ravishda xarid qilmoqda. Ularcha, bu "strategik zaxira" kelajakdagi moliyaviy qiyinchiliklarni yumshatishga yordam beradi.

Raqamlar ham xavotirli
The Foundation tadqiqot markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yangi bojlar kelgusi 10 yil ichida amerikaliklarga 3,1 trillion dollar zarar keltirishi mumkin. Bu esa 2025 yilning o‘zida har bir uy xo‘jaligiga 2,1 ming dollar qo‘shimcha xarajat degani. Yake Budget Lab esa 2026 yildan boshlab bu raqam 3,8 ming dollargacha yetishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ham telefon, ham pitssa qimmatlashadi!
Tadqiqotchilar fikricha, bu faqat oziq-ovqat bilan cheklanmaydi. Consumer Technology Association ogohlantirishicha, smartfonlar, noutbuklar, o‘yin konsollari ham arzon qolmaydi. Hatto "ayfon"ning navbatdagi versiyasi ham Tramp bojlari qurboniga aylanishi mumkin!

Amerika bozorida “ehtiyotda ziyon yo‘q” shiori hukm surayapti!
Trampning iqtisodiy siyosatlari Amerikada ko‘p narsani o‘zgartirishi aniq. Ammo bu orada “g‘amlash loyihasi” qahramonlariga aylangan oddiy amerikaliklar o‘zicha yechim izlamoqda. Bozorlar g‘ala-g‘ovur, arobalar to‘la, narxlar esa… o‘zgarish arafasida!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp bojlari Amerikada “g‘amlash epidemiyasi”ni boshlatdimi?