Joriy yil avgustida AQSh adliya vazirligi mamlakat hududida mahbuslarni saqlash uchun xususiy turmalardan foydalanishni to‘xtatmoqchi ekanligini e’lon qilgandi. Bu e’lon ortida dunyo axloq-tuzatish tizimidagi eng yirik kompaniya bo‘lgan Corrections Corporation of America aksiyalari bir onda qadrsizlanib ketdi va AQShdagi prezidentlik saylovlarigacha qadrsizlanishda davom etib kelgandi.
Biroq Trampning g‘alabasidan keyin kompaniya aksiyalari narxi 40 foizga yuqorilab ketdi. Corrections Corporation of America’ning asosiy raqobatchisi GEO GROUP aksiyalari esa 30 foizga qimmatlashdi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Bunday keskin o‘sishning sababi shundaki, Tramp jinoyatchilikka, jumladan noqonuniy muhojirlarga qarshi qattiqqo‘llik bilan kurashishga va’da bergan.
"Biz jinoyatchi va sudlangan barchani – jinoiy to‘dalar a’zolari va giyohvandfurushlarni qo‘lga olamiz. Ular 2 yoki hattoki 3 mln nafar bo‘lishi mumkin. Biz ularni mamlakatdan chiqarib yuboramiz yoki turmaga tiqamiz", deb aytgandi Tramp g‘alabasidan keyin bergan intervyusida.
Investorlar xususiy turmalar aksiyalari katta salohiyatga egaligini ko‘rmoqdalar, biroq shu bilan birga bu borada ehtiyotkorlik alomatlarini namoyish qilmoqdalar. Trampning bu boradagi rejalari amalga oshsa, axloq-tuzatish muassasalari quvvatlarini qo‘shimcha kengaytirish talab qilinishi borasida hozircha aniqlik yo‘q.
ICE hisob-kitoblariga ko‘ra, ayni vaqtda AQShda sudlanganlikka ega, jumladan viza va grin-kartaga ega bo‘lgan 1,9 mln muhojir bor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”