IShID etakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan iroqlik harbiylar borgan sari Mo‘sulga yaqinlashib kelayotgani tufayli o‘zini shunchalik noxavfsiz his qila boshlaganki, er osti tunnellarini tark etishni istamayapti va xudkush kamarisiz uxlamayapti, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Iroqliq harbiylar Mo‘sul ichidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda al-Bag‘dodiy esankirab qolgani va borgan sari ko‘proq vasvasa alomatlarini namoyon qilayotganini ma’lum qilmoqdalar.
Ta’kidlanishicha, IShID etakchisi "hech qaerga chiqmay, odamlarga ko‘rinish bermay qo‘ygan". Manbaning ma’lum qilishicha, al-Bag‘dodiy "er ostida yashamoqda va u turli hududlarga ketuvchi tunnellarga ega".
"U qo‘lga olinganda faollashtira olishi uchun o‘zining xudkush kamarisiz uxlamaydi", deb qo‘shimcha qildi manba.
Avvalroq al-Bag‘dodiy Mo‘sulni tark etgan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Shu bilan birga al-Bag‘dodiy Mo‘sulda qolayotgan jangarilarni iroqlik harbiylarga qarshilik ko‘rsatishga chaqirgan audioyozuv paydo bo‘ldi. Bu audioyozuv al-Bag‘dodiyning Mo‘sulni ozod qilish operasiyasi boshlangandan keyingi ilk bayonoti bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”