
Bloomberg‘ning 18 aprel kuni tarqatgan ma’lumotiga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukraina bo‘yicha kengroq tinchlik kelishuvi doirasida Qrim ustidan Rossiya “nazorati”ni tan olishga tayyor.
Biroq agentlik ta’kidlashicha, bu masalada hali rasmiy qaror qabul qilinmagan. Oq uy ham, Davlat departamenti ham izoh berishdan tiyildi.
Qrim – muzokaralardagi eng nozik nuqta
14 aprel kuni Tramp ma’muriyatining maxsus vakili Stiven Uitkoff Fox News telekanaliga qilgan bayonotida shunday degan edi:
“Putin tinchlik istayapti. Lekin bu mojarodagi eng katta muammo — Rossiyaning Qrim, Donetsk, Luxansk, Zaporijjya va Xerson ustidan talab qilayotgan nazorati.”
Zelenskiy rad etdi: “Hech kim Ukraina xalqidan tashqari qaror qabul qila olmaydi”
Ertasi kuni, Odessada o‘tkazilgan matbuot anjumanida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ushbu fikrlarga javob qaytardi:
“Barcha hududlar Ukraina unitar davlatiga tegishli. Shuning uchun davlatimiz hududi haqida faqat Ukraina xalqi gapirishi mumkin.”
Xalqaro munosabatlarda yangi bosqich boshlanmoqdami?
AQSH–Rossiya munosabatlari, Ukraina mojarosi va Qrimning geosiyosiy maqomi borasidagi bunday hujjat ehtimoli xalqaro maydonda katta bahslarga sabab bo‘lishi mumkin. Agar Vashington Qrimni Rossiya nazoratida deb tan olsa, bu:
- Ukraina suverenitetiga zarba,
- NATO ittifoqida qarama-qarshilik,
- Boshqa mojoroli hududlar uchun pretsedent yaratishi mumkin.
Siz nima deb o‘ylaysiz: tinchlik uchun hududdan voz kechish — bu yechimmi yoki xatarmi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar