AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning rafiqasi Melanya Trampning rasmiy biografiyasida ta’lim haqidagi bandiga ba’zi tuzatishlar kiritildi, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning bo‘lg‘usi birinchi xonimi biografiyasiga ikki sloveniyalik publisist Bojan Pozar va Igor Omerza e’tibor qaratishgach, tegishli tuzatishlar kiritilgan. Bu Melanya Tramp iyulda Respublikachilar partiyasida nutq so‘zlagandan keyin yuz bergan. Shundan keyingi kun Pozar va Omerza Melanyaning "Dizayn va arxitektura" ixtisosligi bo‘yicha yakunlangan oliy ma’lumoti borligi haqidagi axborot haqiqatga mos kelmasligini, chunki u universitetni bir yil o‘qigandan keyin tashlab ketganini aytishgan.
Shundan keyin Melanyaning biografiyasi uning portalidan olib tashlanib, uning turmush o‘rtog‘i Donald Tramp saytida paydo bo‘lgan. Endi unda aytilishicha, asli sloveniyalik bo‘lgan missis Tramp 16 yoshida model sifatida faoliyatini boshlab, Milandagi model agentligi bilan shartnoma tuzgan. Axborotda aytilishicha, u Lyublyana universitetida oliy ma’lumot olishi mumkin bo‘lgan, biroq model faoliyati uchun o‘qishini tashlashiga to‘g‘ri kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi