Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Olga Golodes Rossiyaning muammoli hududlarida xorijiy ishchilar ulushi qisqartirilishini qo‘llab-quvvatlamoqda, deb xabar bermoqda "Kun" nashri.
Uning aytishicha, Rossiya mehnat bozoriga muhojirlarning kelishi ijtimoiy va davlat tomondan yo‘qotishlar – mehnatning arzonlashishi va Rossiyadan kapitalning olib chiqishiga olib keladi, chunki gastarbayterlar topgan pullarini vatanlarida sarflaydilar.
"Bu bizning byudjetimizga qo‘shimcha ijtimoiy yuklamadir, chunki muhojirlar bizning tibbiyot muassasalarimiz va ta’limdan foydalanadilar. Biz barcha plyus va minuslarni taqqoslaganimizda, natijada biz oladigan ijtimoiy yuklama ular bizning iqtisodiyotga qo‘shayotgan hissaga mos kelmaydi", deb aytdi Golodes.
Uning aytishicha, bu jiddiy disbalansga olib keladi, chunki foydani ish beruvchi oladi, jamiyat esa bunga haq to‘laydi.
"Shuning uchun mehnat bozorida muammolar mavjud bo‘lgan hududlarda sekin-asta xorijiy ishchilarni kamaytirish – bu bizning siyosatdir va biz bunga ertami-kechmi kelamiz, biroq ish beruvchilar doimo mehnat bozorida etarlicha ishchi kuchi yo‘qligini ta’kidlab keladilar", deb aytdi Golodes.
Ayni vaqtda Rossiyada xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida mehnat muhojirlarini qabul qilishda cheklovlar joriy qilingan dastur amal qiladi. Golodesning aytishicha, ba’zi tarmoqlarda 10 foiz va undan ko‘proq darajada mehnat muhojirlarini ishga qabul qilishga ruxsat berilsa, boshqalarida esa bu ko‘rsatkich ancha katta qiymatni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”