
AQSH prezidenti Donald Tramp Ukraina va Rossiya yetakchilaridan harbiy harakatlarni vaqtinchalik emas, balki doimiy ravishda to‘xtatish haqida kelishib olishlarini talab qilyapti. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati rahbari Kerolin Levitt 27 aprel kuni Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar tafsilotlarini jurnalistlarga yetkazar ekan ma’lum qildi.
«Prezident Trampning ikki mamlakat rahbarlariga nisbatan noroziligi kun sayin oshib bormoqda. U bir necha bor muzokaralarda o‘t ochishni vaqtincha emas, doimiy ravishda to‘xtatish muhimligini ta’kidlamoqda. Mening bilishimcha, bugun ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin mojaroni vaqtinchalik to‘xtatib turishni taklif qildi. Ammo AQSH prezidenti bu bilan kifoyalanmoqchi emas va tinchlikni doimiy asosda o‘rnatishni talab qilmoqda. Tramp birinchi navbatda insonlar halok bo‘lishini to‘xtatish kerakligini urg‘ulamoqda», dedi Levitt.
Oq uy rasmiysiga ko‘ra, Tramp Ukraina va Rossiya yetakchilarining tinchlik bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligi haqida optimistik kayfiyatda, biroq vaziyatni real baholamoqda. Tramp fikricha, Zelenskiy va Putin bu mojarodan chiqish uchun muzokaralarni jiddiy ravishda davom ettirishlari lozim.
Shu bilan birga, Kreml 28 aprel kuni Rossiya G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan «humanitar sabablarga ko‘ra» vaqtinchalik sulh e’lon qildi. Rossiya tomonining bayonotiga ko‘ra, ushbu rejim 8 may yarim tundan boshlanib, 11 may yarim tungacha davom etadi.
Bugungi kunda dunyo hamjamiyati, jumladan AQSH ma’muriyati ham ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralarda tinchlikning doimiy shaklda o‘rnatilishi muhim ekanini qayd etmoqda. Bu nafaqat siyosiy, balki insoniy nuqtayi nazardan ham juda katta ahamiyat kasb etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar