date

Ukraina TIV rahbari: «Tinchlikni istasangiz, ramziy sanalarga bog‘lamay, hoziroq to‘xtating!»

Ukraina TIV rahbari: «Tinchlikni istasangiz, ramziy sanalarga bog‘lamay, hoziroq to‘xtating!»
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya tomonidan 9 may – G‘alaba kuni munosabati bilan e’lon qilingan bir tomonlama sulh haqida fikr bildirib, Kremlni tinchlik o‘rnatish masalasini ma’lum sana yoki tadbirlarga bog‘lamaslikka chaqirdi.

«Agar Rossiya haqiqatan ham tinchlik tarafdori bo‘lsa, unda o‘t ochishni hoziroq to‘xtatishi kerak. Nima uchun aynan 8 maygacha kutishi kerak? Agar 30 kunlik o‘t ochishni hozirdan boshlash imkoni bo‘lsa, uni shunchaki parad uchun emas, balki haqiqiy va uzoq muddatli bo‘lishi lozim. Ukraina barqaror, ishonchli va to‘liq otashkesimni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Biz bu taklifni muntazam tarzda bildirib kelamiz – bu muddat kamida 30 kunni tashkil etishi zarur», – dedi vazir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 28 aprel kuni Kreml «insonparvarlik sabablari» bilan 9 may – G‘alaba kunining 80 yilligi munosabati bilan bir tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish rejimini e’lon qildi. Ushbu rejim 8 may yarim tundan 11 mayga o‘tar kechasigacha amal qilishi kerak. Moskva, shuningdek, Kiyevni ham shu kabi harakat qilishga va barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirgan edi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pasxa bayrami munosabati bilan 19 apreldan 21 aprelgacha bo‘lgan muddatda ham sulh e’lon qilgan edi. Biroq ko‘p o‘tmay, Ukraina va Rossiya bir-birini ushbu otashkesimga amal qilmaslikda bir necha bor ayblagan.

Ukraina TIV rahbari tinchlik masalasida Rossiyani aniq va real harakatlarga chaqirib, bunday tashabbuslarni faqatgina sanalar bilan chegaralamaslik lozimligini yana bir bor ta’kidladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina TIV rahbari: «Tinchlikni istasangiz, ramziy sanalarga bog‘lamay, hoziroq to‘xtating!»