
Og‘ir vaznda UFC tashkilotining sobiq jahon chempioni, mashhur kamerunlik jangchi Frensis Ngannu o‘z vatanida yo‘l-transport hodisasiga uchrab, beixtiyor ravishda bir insonning o‘limiga sabab bo‘lib qoldi.
Ma’lum qilinishicha, Ngannu mototsikl boshqarib ketayotgan paytida 17 yoshli Ntsama Brijit Manuella bilan kuchli to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Le Bled Parle nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, zarba juda qattiq bo‘lgan va natijada yosh qiz og‘ir jarohat olgan.
Ngannu sodir bo‘lgan fojiadan so‘ng zudlik bilan jabrlangan qizni yaqin oradagi shifoxonaga yetkazgan. Shifokorlar zudlik bilan operatsiya o‘tkazgan bo‘lsalar-da, uning hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan.
Tajribali jangchi bu voqeadan qattiq afsusdaligini bildirdi hamda marhumaning yaqinlariga o‘z hamdardligini izhor qildi. Shuningdek, Ngannu qizning oilasiga zarur bo‘lgan barcha moliyaviy yordamni ko‘rsatishni o‘z zimmasiga olganini ma’lum qildi.
Hozircha bu mudhish voqea yuzasidan rasmiy tergov tafsilotlari va qo‘shimcha ma’lumotlar e’lon qilinganicha yo‘q. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar