
AQSH prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan telefon orqali muloqot qilib, uni mamlakatda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari parlament saylovlarida Liberal partiyaning g‘alabasi bilan samimiy tabrikladi. Bu haqda 29 aprel, seshanba kuni Kanada bosh vazirining matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Rasmiy bayonotda ta’kidlanishicha, ikki davlat rahbarlari suhbat davomida AQSH va Kanada o‘rtasidagi munosabatlarning «mustaqil va suveren davlatlar» sifatida yanada mustahkamlanishi muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdilar. Shundan kelib chiqib, Tramp va Karni yaqin orada shaxsiy uchrashuv o‘tkazish istagini bildirganlar.
Kanadada 28 aprel kuni navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilgan edi. Bu jarayon AQSH bilan munosabatlarning yomonlashuvi, jumladan, Vashingtonning Kanada eksport tovarlariga yuqori bojxonalar joriy etishi va Trampning Kanadaga nisbatan «AQSHning 51-shtatiga aylantirish» tahdidi fonida kechgani ma’lum qilingan.
Mark Karni o‘z partiyasining g‘alabasi munosabati bilan qilgan chiqishida, AQSHning agressiv siyosatini qat’iy ravishda rad etish va bu yo‘nalishda keskin pozitsiyani saqlab qolishga va’da berdi.
Ovozlarning 99,9 foizi hisoblab chiqilganidan so‘ng, Kanada Liberal partiyasi parlamentdagi 169 ta o‘ringa egalik qildi. Bu natija parlamentda mutlaq ko‘pchilikni (172 o‘rin) olish uchun juda yaqin bo‘lganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Per Pualevr rahbarligidagi muxolifatdagi Konservativ partiya esa parlamentning 144 ta o‘rniga egalik qiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, Mark Karnini saylovlardagi g‘alaba munosabati bilan dunyo yetakchilari ham tabrikladi. Xususan, 30 aprel kuni ertalab Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen hamda BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Karniga o‘z tabriklarini yo‘llashdi.
O'zbekiston yangiliklari AQSH PrezidentiKanada Bosh VaziriSuhbat DavomidaMustaqil DavlatlarParlament SaylovlariG‘alaba Munosabati Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar