Olimlar olisdagi mitti Pluton sayyorasidagi muz bilan qoplangan yuzasi ostidagi yuraksimon suv havzasida Erdagi barcha dengizlardan kam bo‘lmagan miqdorda yashirin okean mavjudligiga ishora qiluvchi ilmiy dalillar topishdi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.
Chorshanba kuni Nature (tabiat) jurnalida chop etilgan tadqiqot ishlari shuni ko‘rsatadiki, Erdan boshqa hayot mavjudligiga dalolat qiluvchi erosti okeanlari bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinayotgan Quyosh tizimidagi samoviy jismlar ro‘yxatiga Plutonni ham qo‘shish mumkin.
Kaliforniya universitetidagi sayyorashunos olim Fransis Nimmo ma’lum qilishicha, Plutondagi okean yarim erigan holatdagi muzdan iborat bo‘lib, 150-200 kilometrlik muz qatlami ostida yotadi. Uning chuqrligi 100 km atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Massachusets texnologiya institutidagi sayyorashunos olim Richard Binzelning fikriga ko‘ra, Pluton yuzasi juda katta miqdordagi muz bilan qoplangani uchun yashash uchun qulay joy bo‘la olmaydi. Shu bilan birga, hech qachon «bu ilojsiz» deb aytmaslik lozim. Chunki suv hayot uchun eng muhim vositalardan biri hisoblanadi.
Mazkur kashfiyot 2015 yilning iyul oyida Pluton yaqinidan uchib o‘tgan NASAning Nyu Horizons (yangi ufqlar) kosmik kemasi tomonidan olingan tasvirlar va ma’lumotlarni tahlil qilish orqali amalga oshirilgan. Quyoshgacha bo‘lgan masofasi Erga qaraganda 40 marta uzoqroq bo‘lgan Pluton suvni suyuq holatda saqlab turish uchun etarlicha radioaktiv issiqlik manbayiga ega.
«Pluton ko‘p miqdorda issiqlik hosil qilish uchun etarlicha toshlarga ega. Shuningdek, bir necha yuz kilometr qalinlikdagi muz qatlami esa anchagina yaxshi izolyator hisoblanadi. Bunday chuqurlikdagi okeanning mavjud bo‘lishi ham hayratlanarli hodisa emas, ayniqsa okeanda antifriz vazifasini bajaradigan ammoniy bo‘lsa», – deydi sayyorashunos olimlar.
Nyu Horizons kemasi o‘z sayohatini Quyosh sistemasidagi yana bir sovuq hudud – «Kuyper tasmasi» mintaqasi tomon davom ettirmoqda. Kemaning Plutondan 1,6 milliard km uzoqlikda joylashgan navbatdagi nishon bo‘lmish 2014 MU69 samo jismiga 2019 yilning 1 yanvarida etib borishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar