
Tabiiy antioksidant bo‘lgan likopin – pomidor va tarvuzlarga qizil rang beruvchi modda – nafaqat yallig‘lanishga qarshi ta’siri bilan, balki vazn ortishiga qarshi kurashdagi roli bilan ham olimlar e’tiborini tortmoqda. AQSH olimlarining yangicha tadqiqoti shuni ko‘rsatmoqdaki, pomidor iste’moli orqali semirish ehtimolini pasaytirish mumkin.
Tadqiqot – danio baliqlarida tajriba
Shimoliy davlat universiteti biologiya kafedrasi dots.nti, falsafa doktori Samanta Sent-Kler rahbarligidagi guruh danio baliqlari ustida tajriba o‘tkazdi. Baliqlar turli parhezlar bilan boqildi: oddiy ozuqa, yuqori yog‘li ozuqa, shuningdek pomidor ekstrakti, likopin va estrogen qo‘shimchalari aralashmalari.
«Pomidorlar antioksidantga boy, shuning uchun ularning jarohatlanishga va yallig‘lanishga qarshi ta’sirini o‘rganishga qaror qildik», — deydi Sent-Kler.
Likopin iste’moli – kamroq vazn, kamroq qand
Natijalar shunday bo‘ldiki:
- Yuqori yog‘li parhez bilan boqilgan, biroq pomidor ekstrakti berilgan baliqlar kamroq semirishgan,
- Likopin va estrogen qo‘shimchalari qondagi shakar miqdorini pasaytirgan,
- Likopin jigarda yog‘ parchalanishini faollashtirgan.
Ya’ni, likopin – metabolizmni tezlashtiruvchi va semirishga qarshi tabiiy modda sifatida tavsiya qilinayotgan bo‘ldi.
Farq bir haftada sezildi
Tajriba shuni ko‘rsatdiki, pomidor iste’moli ta’siri atigi 7 kundayoq kuzatildi. Demak, kundalik ratsionga oddiy va arzon pomidorni qo‘shish orqali organizmni vazn ortishiga qarshi tabiiy himoya bilan ta’minlash mumkin.
Keyingi bosqichda nima tekshiriladi?
Olimlar endi:
- Kunning turli vaqtlarida oziq-ovqat qo‘shimchalari ta’sirini,
- Estrogen metabolizmi va yog‘ni qayta ishlash uchun javobgar genlar ekspressionini,
- Turli xil pomidor navlaridagi likopin miqdori va uning metabolizmga ta’sirini
tahlil qilishni rejalashtirmoqda.
Har kuni pomidor – faqat foydali
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, parhezga pomidorni qo‘shish orqali nafaqat tana vaznini nazorat qilish, balki jigar salomatligini yaxshilash, shakar darajasini pasaytirish, va yallig‘lanishni kamaytirish ham mumkin.
Siz nima deb o‘ylaysiz – har kuni bir-ikkita pomidor yeb turishingiz hayotingizga qanday ta’sir qiladi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar