date
views 117

Ayol astronavtlar ochiq kosmosga chiqib, XKSning tarixida yangi sahifa ochdi!

Ayol astronavtlar ochiq kosmosga chiqib, XKSning tarixida yangi sahifa ochdi!
Amerikalik astronavtlar Enn Makkleyn va Nikol Ayers 1 may kuni Xalqaro kosmik stansiya (XKS) tarixida navbatdagi muhim voqeani amalga oshirishdi. Ular stansiya bortidan ochiq kosmosga chiqib, bir qator muhim montaj ishlarini muvaffaqiyatli bajardilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki ayol astronavt XKSning Quest nomli shlyuz kamerasidan chiqib, kosmos vakuumida qariyb olti yarim soat mobaynida ish olib bordi. Bu ishlar doirasida Xalqaro kosmik stansiya ekipajlari 1998 yildan buyon jami 275-marta ochiq kosmosga chiqishdi.

Bu safargi asosiy vazifa XKSning tashqi aloqa antennasini yangi joyga ko‘chirish hamda SpaceX'ning Cargo Dragon yuk kemasi tomonidan bu yilning oxirida stansiyaga yetkaziladigan IROSA rusumidagi yangi quyosh batareyalari uchun maxsus montaj kronshteynlarini o‘rnatishdan iborat edi.

Eslatib o‘tamiz, IROSA quyosh panellarining birinchi juftligi 2021 yilning iyunida astronavtlar tomonidan o‘rnatilgan. Keyinchalik, ikkinchi va uchinchi juftliklarning o‘rnatilishi 2022-2023 yillarda amalga oshirilgan.

Umumiy hisobda sakkizta bo‘ladigan mazkur zamonaviy quyosh batareyalari XKS energiya tizimini mustahkamlashga xizmat qilib, stansiyaning elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatini qariyb 30 foizga oshirish imkonini yaratadi. Yangi panellar mavjud, nisbatan eski panellar yonma-yon o‘rnatiladi. Bu esa stansiyaning umumiy elektr ta’minotini 160 kilovattdan 215 kilovattga oshirishni ta’minlaydi.

NASA mutaxassislari ta’kidlashicha, XKSdagi avvalgi sakkizta quyosh paneli ham hozirgi kunda o‘z vazifalarini yaxshi bajarib turibdi. Biroq ushbu panellar dastlab 15 yillik xizmat ko‘rsatish muddatiga mo‘ljallangan edi. Bu panellarning birinchi partiyasi stansiyaga 20 yildan ko‘proq vaqt oldin yetkazilgan bo‘lib, ularning o‘rniga yangi panellarni o‘rnatish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Shunday qilib, endi astronavtlar o‘rnatgan yangi quyosh panellari orqali Xalqaro kosmik stansiya yanada samarali va barqaror ishlashi uchun zarur energiya bilan ta’minlanadi. Bu kabi ochiq kosmosdagi murakkab ishlar XKS faoliyatini yana uzoq yillar davomida ishonchli tarzda ta’minlash uchun muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayol astronavtlar ochiq kosmosga chiqib, XKSning tarixida yangi sahifa ochdi!