
Irlandiyaning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha komissiyasi Xitoyning ByteDance kompaniyasini (TikTok platformasining egasi) Yevropa Ittifoqining shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalarini buzgani uchun 530 million yevro jarimaga tortdi, deb xabar berdi Reuters agentligi.
Ma’lum qilinishicha, ByteDance xitoylik xodimlarning Yevropa Ittifoqidagi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga kirishini cheklash bo‘yicha yetarlicha ishonchli dalillarni taqdim eta olmagan. Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga ko‘ra esa, shaxsiy ma’lumotlarning Ittifoq hududida saqlanishi va tashqi mamlakatlardan ruxsatsiz foydalanishning oldi olinishi shart qilib qo‘yilgan.
Shu munosabat bilan, ByteDance kompaniyasiga ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini Yevropa Ittifoqi qonunchiligi talablariga muvofiq holatga keltirish uchun 6 oy muddat berildi.
O‘z navbatida, ByteDance ushbu qarorga qarshi shikoyat qilishini ma’lum qildi. Kompaniya vakillari jarima qo‘llanishida ular tomonidan 2023 yilda joriy etilgan qo‘shimcha xavfsizlik choralari hisobga olinmaganini ta’kidlashmoqda.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari faqat Yevropa va AQSHda joylashgan maxsus ma’lumotlar markazlarida saqlanadi. Shu bilan birga, ByteDance hech qachon Xitoy hukumati tomonidan ushbu ma’lumotlarga kirish uchun rasmiy so‘rov olmaganini qayd etmoqda.
IrlandiyaTikTokByteDanceYevropa IttifoqiShaxsiy Ma’lumotlarJarima Tortish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar